15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


Paxta terimi davomida quyidagilar taqiqlanadi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə15/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
15- маъруза лотинча

Paxta terimi davomida quyidagilar taqiqlanadi:
a) paxta dalasida ochiq olovdan foydalanish va chekish;
b) bunkeri paxta xomashyosi bilan to‘ldirilgan paxta terish mashinasini dalada qoldirish va unga paxta maydonida yonilg‘i quyish;
v) nosoz elektr uskunalar bilan paxta terish mashinasidan foydalanish;
g) paxtani quritish maydonchalarida paxta terish mashinalarini saqlash.
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik. Davlat yong‘nni nazorat qilish organi
Ushbu Qoidalar talablarini buzganligi va (yoki) bajarmaganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat yong‘inni nazorat qilish respublika Ichki ishlar Vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yong‘inni nazorat qilish organlari zimmasiga yong‘indan muhofaza qilishga oid qoidalar, qo‘llanmalar ishlab chiqish va nashr qilish, yong‘innni oldini olishga oid qoida va me’yorlar, tadbirlarning hamma korxonalar, hamda alohida shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, loyihalash, qurish vaqtida yong‘inni oldini olishga oid talablarning bajarilishini tekshirish (xulosalar berish), o‘t o‘chiruvchi bo‘linmalarning ishga shay turishini hamda o‘t o‘chirish vositalarining benuqsonligini tekshirish vazifalari yuklanadi.
Davlat yong‘inni nazorat qilish organlari yong‘inni oldini olishga oid qoida, me’yor va ko‘rsatmalarining buzilishiga aybdor bo‘lgan mas’ul shaxslarni ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish, yong‘in xavfi tug‘ilganda ob’ektdagi ishlarni qisman yoki butunlay to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. SHaharlar va shahar tipidagi qishloq yong‘in muhofazasi, shuningdek, o‘zlarida o‘t o‘chiruvchi qismlar bo‘lmagan korxonalarda, yangi qurilishlarda, turar joy va jamoat binolarida yong‘inni oldini olish nazoratini amalga oshiradi.
Nazorat uchun savollar.

  1. YOng‘inni kelib chiqish sabalari nimalardan iborat?

  2. YOnish, alangalanish, chaqnash, portlash, o‘z-o‘zidan alangalanish va yong‘in deganda nimani tushunasiz?

  3. YOng‘in xavfsizligi talablari deganda nimani tushunasiz?


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə