15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


O‘t o‘chirish vositalari, moddalari va ularning xossalari. O‘t o‘chirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə7/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
15- маъруза лотинча

O‘t o‘chirish vositalari, moddalari va ularning xossalari. O‘t o‘chirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash.
YOng‘inni o‘chirish uslublari va o‘t o‘chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong‘inni o‘chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo‘linadi.

8.6-rasm. YOng‘inni o‘chirishning asosiy vositalar
Asosiy vositalar - yong‘inga o‘t o‘chirgich moddalarni (suv, ko‘pik, kukun, karbonat angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil, avtosisterna, motopompa, o‘t o‘chirgichlar va boshqalar kiradi.
Maxsus vositalar - yong‘inni o‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga avtonarvonlar va tirsakli ko‘targichlar, yoritish va aloqa avtomobillari, shuningdek operativ avtomobillar kiradi.

YOrdamchi vositalar - yong‘inni o‘chirishdagi ishlarni bajarish uchun etarli sharoit yaratadi. Bularga avtosuv quygichlar, yuk avtomobillari, avtobuslar, traktor va boshqa mashinalar kiradi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari- yong‘in boshlanganda alangani keng tarqalib ketmasligini to‘xtatish va o‘chirish uchun qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish korxonalariga va qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun zarur bo‘lgan birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga talab O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligining 1998 yil 12 iyundagi № 44 3-5-21 sonli qaroriga asosan aniqlanadi.
O‘t o‘chirgichlar - yong‘in boshlanish vaqtida o‘chirish uchun qo‘llaniladi. O‘t o‘chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o‘t o‘chirgichlar ko‘pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon guruhlarga bo‘linadi.
YOng‘inni o‘chirish vositalari ishlab chiqarish binolari joylashgan maydonda maxsus taxtalarga (shitlarda) terib qo‘yiladi (8.13-rasm). To‘siqlar imoratlar orasidagi masofadan 100m o‘tga xavfli materiallar saqlanadigan joydan 50m oraliqda qo‘yiladi. YOng‘in o‘chirish vositalari qizil rangda bo‘ladi, undagi yozuvlar esa oq rang bilan yoziladi.



8.8-rasm. Sprinkler qurilmasini ishlash prinsipi sxemasi 1-suv havzasi; 2-asosiy suv ta’minlagich; 3-suv yo‘naltiruvchi nay; 4-yordamchi suv ta’minlagich; 5-nazorat-signal klapani; 6-signal beruvchi asbob; 7-taqsimlovchi nay; 8-sprinklerli suv yog‘dirgich.


Sprinkler qurilmalari suv quvurlari tarmog‘idan iborat bo‘lib, imorat shipiga purkagich-kallaklar quvurlarga burab maxkamlanadi. Harorat belgilangan qiymatdan oshib ketganda unga o‘rnatilgan onson eruvchi metall erib ketadi va suv yo‘li ochiladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə