15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə8/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
15- маъруза лотинча

Drencher qurilmalari sprinklerdlardan eruvchi o‘rnatgichlar quyilmasligi bilan farq qiladi. Drencherlarga suv qo‘l yoki avtomatik usulda beriladi. Ular suv pardasi yoki ma’lum yo‘nalishi bo‘yicha tizilib sochiluvchi suvni hosil qilishda qo‘llaniladi.
Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar - kimyoviy ko‘pikli va mexanikaviy-havo turlarga bo‘linadi. Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgich OXP-10 yona boshlagan qattiq materiallarni, maydoni 1 m dan oshiq bo‘lmagan turli yonuvchi suyuqliklarni o‘chirish uchun qo‘llaniladi.

8.9-rasm. OXP -10 o‘t o‘chirgichi tuzilishi va undan foydalanish tartibi: 1-korpus; 2-tutqich; 3-stakan (ishqor turadigan); 4-rezinali klapan (stakan og‘zini germetik yopish uchun); 5-stakan kanallari; 6- klapanni holatini o‘zgartiruvchi dastak; 7-klapan shtoki; 8- sepish kanali; 9-yopgich membranasi.
OXP-10 o‘t o‘chirgich payvandlangan po‘lat idishdan iborat. Uning usti cho‘yan qopqoq berkitkich tuzilma bilan kavsharlangan. SHtok prujinasiga rezinali klapan qo‘yilgan bo‘lib, qo‘l ushlagich berk vaziyatida kislotali stakan og‘ziga klapanni siqib turadi. Qo‘l ushlagich yordamida klapanni ko‘tarib tushiriladi. O‘t o‘chirgichning purkagichi maxsus membrana bilan berkitilgan bo‘lib, undan zaryad to‘la aralashmasdan chiqmaydi. Zaryadning kislota solingan stakani o‘t o‘chirgichning og‘ziga o‘rnatilgan. O‘t o‘chirgichni ishlatish qoidalari va uning asosiy ma’lumotlari korpusga yopishtirilgan yorliqda bayon etilgan (8.9-rasm).
Kimyoviy ko‘pik o‘t o‘chirgichlar bir yilda kamida bir marta qayta zaryadlanadi. O‘t o‘chirgichning ishlash vaqti 50-70 soniya, sochish uzunligi 6-8 m, ko‘pik miqdori 40-55 l, kengayish darajasi 6 marta va turg‘unligi 40 daqiqa.
OVP-5 va OVP-10 havo-ko‘pikli qo‘l o‘t o‘chirgichlar turli moddalar va materiallar yona boshlaganda o‘chirish uchun belgilangan (8.10-rasm). Uni ishqoriy metallar, moddalar, havosiz yonuvchi jismlar va tok ostida bo‘lgan elektr qurilmalarni o‘chirishda qo‘llanilmaydi. Ularning o‘t o‘chirish samaradorligi bir xil hajmdagi kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarga nisbatan 2,5 marta ortiq. Neytral zaryadni amaliy qo‘llanilishi yong‘inni o‘chirishdagi o‘t o‘chirgichning atrofidagi jismlar uchun zararsizdir. CHunki yong‘in o‘chirilgandan so‘ng havo-mexanikaviy ko‘pik butunlay izsiz yo‘qoladi. OVP-5 va OVP-10 bir-biridan faqat korpusning hajmi bilan farq qiladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə