16-laboratoriya ishi. Tokarlik keskichlari, ularning turlari va geometriyasi ishdan maqsad



Yüklə 253,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.05.2022
ölçüsü253,46 Kb.
#88140
  1   2
Tokarlik keskichlari, ularning turlari va geometriyasi



Muallif: 
L.O.Daminov 
16-LABORATORIYA ISHI. 
 
TOKARLIK KESKICHLARI, ULARNING TURLARI VA GEOMETRIYASI 
 
Ishdan maqsad.
Tokarlik keskichlari, ularning elementlari va geometrik burchaklarini
o‘rganish. 
Umumiy ma’lumot.
Tokarlik stanoklarida foydalaniladigan keskichlar bajaradigan ish 
xarakteriga ko‘ra turli xil bo‘lishidan tashqari, ular issiqbardosh, kam yeyiladigan bo‘lishi
lozim. Shu boisdan keskichlar legirlangan tezkesar po‘latlar (masalan, P9, P18), qattiq 
qotishmalar (masalan, T15K6, BK6) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Har qanday keskich 
tuzilishiga va geometriyasiga ko‘ra farqlanadi. 62- rasm (a) da ko’proq tarqalgan zagotovkani 
o‘ngdan chapga bo‘ylamasiga yo‘nuvchi keskich keltirilgan. Bu o‘naqay keskichdir, chapdan 
o‘ngga qarab yo‘nuvchi, chapaqay keskichlar ham bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinadiki, keskich ish va 
tana qismidan iborat bo‘lib, ish qismi bevosita zagotovkadan qirindi yo‘nadi, tana qismi keskich 
tutkichga o‘rnatiladi. Zagotovkadan qirindi yo‘nash oqilona olib borilishi uchun ish qismi 
ma’lum burchaklar ostida charxlanib, qirrali tig‘lar hosil etiladi. Tokarlik keskichlarinnng asosiy 
turlari va ular yordamida bajariladigan ishlar 62-rasm, (b) da keltirilgan. Agar tokarlik stanogida 
zagotovkann keskich bilan yo‘nishni kuzatsak (62- rasm, b) stanok patroniga mahkamlangan 
zagotovkaning aylanishida keskich ma’lum qatlam qirindini o‘ngdan chapga qarab yo‘nalishini 
ko‘ramiz. Bunda keskich asosiy tekislikda, asosiy kesuvchi qirrasi esa kesish tekisligida yotadi. 
Keskichning ish holatidagi geometrik burchaklarni aniqlash uchun ularni asosiy kesuvchi 
qirrasidan asosiy tekislik bilan kesish tekisligiga tik qilib o‘tkazilgan tekislikda o‘lchash 
kerak (63-rasm, a, b). Ma’lumki, ishlanuvchi materialning qattiqligi ortishi bilan 
keskichining issiqlik o‘tkazuvchanligi pasayishi sababli kesib ishlashga qarshiligi ortib,
kesish zonasida ancha ko‘p issiqlik ajraladi, natijada keskich tezroq yeyiladi. Zagotovka sirtida
karbidlar, shlaklar, bo‘lsa, ular ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan sifatli va unumli 
ishlov uchun kesib ishlanadigan zagotovka materialiga, uning fizik-mexanik xossalariga va sirt 
yuza holatiga ko‘ra keskich materiali va uning geometrik burchaklarini tanlashning ahamiyati
g‘oyat katta. Tubanda keskichning asosiy burchaklari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
15-rasm.
Tokarlik keskichlarda bajariladigan asosiy ishlar turlari. 
 
1. Keskichning plandagi asosiy burchagi (f). Keskich asosiy kesuvchi qirrasining asosiy 
tekislikdagi proeksiyasi bilan uning surilish yo‘nalishi orasidagi burchak. Bu burchak kichik 


Muallif: 
L.O.Daminov 
bo‘lsa, (e) burchak kattalashib, enli qirindi yo‘niladi. Keskichning kesish qirrasi uzunligiga ta’sir 
etuvchi kuch qiymati ham kamayadi. Keskich kesuvchi qirrasining yo‘nilayotgan zagotovkaga 
urinish uzunligining ortishi issiqlikning kesish zonasidan tarqalishini oshiradi. Ammo radial 
qarshilik kuchi (R
u
) ortadi. Bu esa stanok, moslama, keskich va detal (SMKD) sistemani titratib, 
keskichning turg‘unligiga salbiy ta’sir etadi. 
Shu boisdan ko‘pincha bu burchak 40—45° olinadi.

2. Oldingi burchak (
u
) Keskichning oldingi yuzasi bilan kesish tekisligi iziga tik 
bo‘lgan normal tekislik orasidagi burchak. 

Yüklə 253,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə