16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni



Yüklə 320,26 Kb.
səhifə40/74
tarix30.07.2023
ölçüsü320,26 Kb.
#120120
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja Vakuumda magnit maydon-www.hozir.org

NISBIYLIK NAZARIYASI ELEMENTLARI
1. Tezliklari yorug’lik tezligiga yaqin bo’lgan jismlar harakatini o’rganish uchun Galiley tomonidan aniqlangan nisbiylik printsipi va Nyuton mexanikasi qonunlaridan foydalanishda bir qancha muammolar yuzaga keldi. Agar yorug’lik manbai va uni qabul qiluvchi bir-birlariga nisbatan to’gri chiziqli tekis harakat qilayotgan bo’lsa, unda o’lchangan tezlik ularning bir-birlariga nisbatan harakatlariga bog’liq bo’lishi kerak. Misol uchun biz tomonga yorug’lik tezligiga teng tezlik bilan (1=c) yaqinlashib kelayotgan poezd yoritgichidan chiqayotgan yorug’likning tezligi (2=c) bo’lsa, y holda yorug’likning bizga nisbatan tezligi () Galileyning tezliklarni qo’shish qonuniga ko’ra uning bo’shliqdagi tezligidan ikki marta katta bo’lishi kerak, ya’ni =1+2 =c+c=2c

Ammo tajribalar bu natijaning mutlaqo noto’g’riligini ko’rsatdi.

Mavjud muammoni yechish haqida chuqur mulohaza yuritgan A.Eynshteyn shunday yangi mexanikani yaratmoq kerakki, uning qonunlari chegaraviy hol, ya’ni kichik tezliklar holida (<
2. Eynshteyn postulatlari.

I. Nisbiylik prinsipi: Inersial sanoq sistemasining ichida o’tkazilgan har qanday (mexanik, elektrik, optik bo’lishidan qat’iy nazar) tajriba ushbu sistema tinch yoki to’gri chiziqli tekis harakat qilayotganligini aniqlashga imkon bermaydi; tabiatning barcha qonunlari bir inersial sanoq sistemasidan ikkinchisiga o’tishga nisbatan invariantdir, ya’ni o’zgarmasdir.

II. Yorug’lik tezligining invariantlik prinsipi: yorug’likning vakuumdagi tezligi, yorug’lik manbaining ham, kuzatuvchining ham harakat tezligiga bog’liq emas va barcha inersial sanoq sistemalarida bir xil.

Ushbu postulatlarga Eynshteyn postulatlari ham deb aytiladi.

Eynshteyn postulatlari relyativistik mexanika (tezliklari yorug’likning bo’shliqdagi tezligiga yaqin bo’lgan c mikrojismlarning mexanikasi)ning asosini tashkil etadi.


Yüklə 320,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə