boshchiligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
1950-yilda bu ikki koreys davlati o'rtasida urush harakatlari boshlandi. Bu urushga
AQSH, SSSR va XXR ham aralashdi. Ikki yillik muzokaralardan so’ng,
nihoyat,1953-yilning 27-iyulida yarash bitimi imzolandi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda bu ikki koreys davlati taraqqiyoti
turlicha yo'ldan bordi. Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi «sotsializm»
qurishga
kirishdi, Buning oqibatida u Osiyoning eng kam taraqqiy etgan davlatlaridan biriga
aylandi. 1994-yilda Kim Ir Sen vafot etgach uning o’g’li Kim Chen Ir prezidentlik
lavozimini egalladi. 1994-yilda aholi jon boshiga 920 dollarlik yalpi ijtimoiy
mahsulot ishlab chiqarildi. Shunday bo'lsa-da, Shimoliy Koreya zo'r berib
qurollanmoqda. Hatto, o'z atom bombasi va uni mo'ljalga eltib qo'yuvchi
vositalarga ega bo'lish imkomyati reallikka
aylanishi mumkinligi jahon
hamjamiyatini tashvishga solmoqda.
Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960-yilda o'ldirilgach, hokimiyat Pak Chjon
Xi qo'liga o'tdi. U ham 1979-yilda o'ldirildi va 1980—1987-yillarda prezidentlik
lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987-yilgi saylovlarda general Ro De Vu
g'alaba qildi. 1993-yilgi saylovlarda esa Kim Yan Sam hokimiyatni egalladi.
Koreya 60—70-yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU,
Samsung, Xyundoy, Lak-Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar.
Kemasozlik,
avtomobilsozlik, elektronika va boshqa sohalar o'ta tez rivojlandi.
Keyingi 20 yil ichida har yili 10 foizdan rivojlandi. Lekin inqirozlar ham yuz berdi.
1997-yilda inqiroz tufayli yuzlab korxonalar sindi. Xalqaro valuta fondidan
47 mlrd. dollar qarz oldi. Bu davrda koreya xalqi haqiqiy vatanparvarligim
ko'rsatdi. Fuqarolar milliardlab pul yig'dilar, ayollar
oxirgi taqinchoqlarigacha
davlatga topshirdilar.
Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlardan
biriga aylandi. Chunonchi, 1994-yilda aholi jon boshiga
ishlab chiqarish jami
ijtimoiy mahsulot 11270 dollarni tashkil etd, No Mu Xvon - mamlakat prezidenti
etib saylandi.
Janubiy Koreya - 0‘zbekiston munosabatlari yildan-yilga nvojlanib
bormoqda. Janubiy Koreyaning 0‘zbekistonda qo’ ygan kapitali 1 mlrd.
dollardan oshdi. 128 ta qo‘shma korxona ishlamoqda. О’zbekistonda
chiqarilayotgan «Neksiya», «Damas», «Matiz», «Tiko»
avtomobillari, qator
to‘qimachilik korxonalarining qurilishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning
kelajagi yanada porloqligini ko’rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: