kuchaydi. 1947-yil 24-sentabrda Ta’sis Majlisi Birma Ittifoqi Konstitutsiyasini
qabul qildi. 1947-yil 17-oktabrda Xalq ozodligi antifashistik ligasi yangi prezidenti
U Nu Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga muvofiq Birma Ittifoqi
1948-yil 4-yanvardan mustaqil deb e’Ion qilindi. U Nu Bosh vazir etib saylandi va
1952-yilgacha mamlakatni boshqardi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun g‘alla, makkajo xori, paxta,
shakarqamish jut va boshqa mahsulotlarni ko'paytirishga harakat qilindi. Guruch
tozalash, yog', choy, tamaki, shakar ishlab chiqarish korxonalari, yangi
texnologiyalar bo‘yicha rekonstruksiya qilindi.
1952-1957-yillarda Ba U, 1957-1962-yillarda U Vin Maung presidentlik
qildilar. 1962
– yil martda harhlylar general Ne Vin boshchiligida davlat
to’ntarishini o‘tkazdilar. 1947-yilgi Konstitutsiya bekor qilindi. Endi mamlakat
Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi deb atala boshlandi. Yangi sotsialistik
jamiyat qurish 1988-yilgacha davom etdi. Lekin rivojlanish ko’ngildagidek
bo’lmadi. 1988- yilda mamlakat Myanma Ittifoqi deb ataldi va U So Maung
prezidentlik lavozimini egalladi. Endi bozor iqtisodiga o’tish boshlandi. Ahvol
yaxshilandi. Chet el investitsiyasiga keng yo’1 ochildi. Yalpi mahsulotning o‘sishi
yiliga 8 foizga ko'tarildi. 1992-yilda hokimiyatga kelgan U Tan Shve mamlakat
iqtisodini yanada ko‘tarish, xorijiy mamlakatlar munosabatlarini yaxshilash yo'lini
tutmoqda. Hozirgi vaqtda rangli metallar, neft, kumush, qimmatbaho toshlar qazib
chiqarish, neftni qayta ishlash, metallurgiya kombinatlari, qo‘rg‘oshin-rux
korxonalari rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: