Yaponiyaga, undan so‘ng Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik harakati
keng avj oldi va aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi. 1945-yilda inglizlar
kelib Malayya ittifoqini tuzdilar. Lekin u ham uzoq yashamadi.
1948 - yilda Birlashgan xalq fronti yuzaga keldi, u yosh davlat mustaqilligini
mustahkamlashda asosiy kuch bolishi kerak edi. Lekin ushbu frontda birlik
bo‘lmadi, ichki kurashlar avj oldi.
1948-yil 1-fevralda Malayziya Federatsiyasi tuzildi. Singapur ajratildi.
Konstitutsion monarxiya tuzumi o‘rnatildi.
1957 - yilga kelib hozirgi G‘arbiy Malayziya mustaqil deb e’lon qilindi.
1963 - yilda Singapur, Saravak va Sabak Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi
va mamlakat birlashtirildi. Lekin 1965-yilda Singapur Federatsiya tarkibidan
chiqib, o‘zini mustaqil deb e’lon qildi. Malayziya hukumatida 1981-yildan
musulmon malayziyaliklar katta ta’sir kuchiga egadirlar.
Mamlakat iqtisodining asosini qayta ishlash, tog‘-kon sanoati va qishloq
xo'jaligi tashkil etadi. Malayziya jahonning 50 foiz kauchugini, 40 foiz qalayini
ishlab chiqaradi. Ularning qariyb yarmini ingliz kapitali nazorat qiladi. AQSH va
yapon kapitali ham katta ta’sirga ega. Elektr texnika, neftni qayta ishlash, kimyo,
metallurgiya, avtomobil sanoati rivojlangan. Tabiiy gaz, neft, qalay, mis, temir
ruda konlari yangi texnologiya asosida mahsulot beradi. Yerning katta qismi
zamindorlarga qarashli. Tabiiy kauchuk, какао, palma yog'i, qalampir, ananas
yetishtiriladi va eksport qilinadi. Malayziya tashqi siyosatda qo‘shilmaslik yo‘lini
tutgan. ASEANga a’zo. 0‘zbekiston bilan yaxshi aloqalar o'rnatgan.
Dostları ilə paylaş: