17-маъруза: Горизонтал, вертикал ва қия кон лаҳимларини мустахкамлаш



Yüklə 156,38 Kb.
tarix21.04.2022
ölçüsü156,38 Kb.
#85832
17-маъруза. 30.05.2019

17-маъруза: Горизонтал, вертикал ва қия кон лаҳимларини мустахкамлаш


Yog‘och mustahkamlagich materiallari sifatida g‘o‘la, brus, taxta, garbil va shu kabilardan foydalaniladi.

G‘o‘la - uzunligi 5m dan 9 m gacha bo‘lgan, yuqori uchining diametri 12 sm va undan katta bo‘lgan daraxt tanasining bo‘lagi.

Brus - ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak, kengligi qalinligiga teng yoki undan ikki barobar katta bo‘lgan arralangan yog‘och.

Taxta - kengligi qalinligidan kamida ikki barobar katta bo‘lgan, arralangan uzun yog‘och.

Garbil - daraxt tanasini arralab taxta yoki brus olinganda uning (daraxt tanasining) chetidan chiqqan bir tomoni tekis, ikkinchi tomoni sferik shakldagi yog‘och.

Bo‘yi 0,5 m dan 5 metrgacha, yuqori uchining diametri 7 dan 30 sm gacha bo‘lgan g‘o‘la shaklidagi yog‘och shaxta (rudnik) ustuni deyiladi.

Kon lahimlarini mustahkamlashda cho‘yan va po‘lat quymalaridan, po‘lat profillaridan foydalaniladi.

Uch bo‘g‘inli maxsus profillardan tashkil topgan arkali mustahkamlagich: 1 - metall ustunlar; 2 - yuqori segment; 3 - to‘sinni ustunlarga bog‘lovchi xomut; 4 - gaykali planka; 5 - bog‘lovchi.

Eziluvchan g‘ildiraksimon (halqasimon) metall mustahkamla-gich

Shaxtalarda vertikal kon bosimining lahimga ta’siri kuchliroq bo‘lganligi tufayli, ko‘pincha, vertikal devorli va gumbazsimon yopqich shaklidagi monolit beton mustahkamlagichidan foydalaniladi

Monolit beton mustahkamlagichi

Ankerli mustahkamlagich.

a — mustahkamlagichning lahimga o‘rnatilgan holati; b va d — ponayoriqli va kengayuvchan ankerlar konstruksiyasi.

Mustahkamlagichlardan bir turi sepma beton mustahkamlagichi deb yuriti-ladi. Bu mustahkamlagich foydali qazilmani qazish zonasidan tashqarida joylashgan kapital va kon-tayyorlov lahimlarini mustahkamlashda qo‘lla-nadi.

Sepma beton qalinligi 50—300 mm bo‘lishi mumkin (to‘ldirgich materiallari bo‘laklarining o‘lchami 25 mm dan oshmasligi shart).

Ankerning diametri 20 mm va uzunligi 0,6 metrdan 3 metrgacha bo‘ladi.



Shpur yoki skvajinaga mustahkam o‘rnatilish tomoyillariga ko‘ra barcha turdagi ankerli mustahkamlagichlar ikki guruhga bo‘linadi:

Qulfli - skvajinaning tub qismiga turli konstruksiyaga ega bo‘lgan qulflar yordamida mustahkam o‘rnatiladigan;

Qulfsiz skvajinaning bor bo‘yicha sement, smola yoki boshqa yopish- tiruvchi moddalar bilan mustahkam-laydigan ankerli mustahkamlagichlar.
Yüklə 156,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə