17-mavzu. Zaxarli moddalar va ekologik adolat, Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish reja



Yüklə 75,23 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü75,23 Kb.
#163497
1   2   3   4
17-Маьруза

birinchidan, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining markaziy apparatlarida Chiqindilarning hosil bo’lishi, ularni to’plash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko’mish va realizatsiya qilish bo’yicha nazorat inspeksiyalari; ikkinchidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish qo’mitasi, viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzurida “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va mamlakatimiz shaharlarida, shuningdek, tuman hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindilarni olib ketish bo’yicha xizmat ko’rsatadigan uchastkalari negizida ularning filiallari; uchinchidan, tabiatni muhofaza qilish respublika va mahalliy jamg’armalari negizida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish bo’yicha jamg’arma tashkil etiladi, jamg’arma mablag’lari birinchi navbatda atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlariga, jumladan, chiqindilar bilan bog’liq ishlarga va bioresurslarni saqlash va qayta tiklashga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza va monitoring qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazishga, targ’ibot va ma’rifiy ishlarni tashkil etishga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yo’naltiriladi; to’rtinchidan, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining Hayvonot va o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasining Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tuziladi va uning hududiy inspeksiyalari tashkil qilinadi.
Xorijiy mamlakatlarning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari faoliyatini tashkil qilishga oid tajribasidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz qonunchiligiga Davlat ekologiya qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldida hisobot berib borishi yuzasidan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, bu borada chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish, O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” va “Yerosti boyliklari to’g’risida”gi qonunlariga ko’p joyda uchraydigan foydali qazilmalarni qazib olishning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan o’zgartish kiritiladi.
Ushbu qabul qilingan farmonning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi: birinchidan, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida faoliyat ko’rsatayotgan davlat nazorati va boshqaruvi organlarining tizimli ish olib borish samaradorligini oshiradi; ikkinchidan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi
idoralararo samarali hamkorlikni ta’minlaydi; uchinchidan, atrof-muhitning ekologik holati, ekologik tizim, tabiiy komplekslar va alohida obyektlarni qo’riqlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Yüklə 75,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə