171 Mavzu: Gulxaniyning “Zarbulmasal”asarida qoliplash usulining badiyatga ta`siri masalasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix08.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108949
  1   2   3
gulxaniyning-zarbulmasal-asarida-qoliplash-usulining-badiyatga-ta-siri-masalasi



171 
Mavzu: Gulxaniyning “Zarbulmasal”asarida qoliplash usulining badiyatga 
ta`siri masalasi 
Djabborova Mashhura Jo`raqulovna Guliston
davlat universiteti magistri. 
Annotatsiya:
Qoliplash usulida yaratilgan asarlardagi kabi qoliplovchi hikoyalar garchi 
mazmunan boshqa-boshqa hikoya bo‘lsa ham bir syujet chizig‘i ustida birlashadi.
Asarda keltirilgan har bir qoliplovchi hikoyanning asosiy syujetga ta’siri kattadir. Yozuvchi 
shu hikoyalarni keltirish orqali asar qahramonlarining murosaga kelishiga zamin yaratadi. 
Qahramonlarning hikoyalar ta’sirida fikri o‘zgaradi.
Gulxaniyning “Zarbulmasal“ asari nasriy hikoyachilik asosiga qurilgan badiiy asar bo‘lib, 
unda moddiy hayot voqealari, har xil ijtimoiy tabaqaga mansub insonlar fe’l-atvori va 
ularnining munosabatlari majoziy tarzda –qushlar obrazlariga ko‘chirib hikoya qilinadi. 
Asardagi qushlar obrazlari o‘zaro mahalliy muhitdan rang olib, milliy til va an’analar 
bo‘yicha suhbatlashadilar, o‘zbekcha maqol – matal, hikmat, hikoyatlar keltirilib, masallar 
vositasida fikr almashadilar badiiy ifodaning bu usuli masalchilik tarixida ko‘rilmagan holat 
hisoblanadi.
Janr xususiyatlarining murakkabligi, biror bir adabiy janr qolipiga mos emasligi bu asarning 
orginal asar ekanligini dalolatlaydi.
Asardagi “Toshbaqa bilan chayon”, “Tuya bilan bo‘taloq” va “Maymun bilan Najjor" kabi 
qoliplovchi hikoyalar, shuningdek, “Kaj va faj”, “Yodgor po‘stindo‘z” kabi kichik hikoyalar 
obrazlilik nuqtai nazaridan asar badiiyatida ulkan ta’sir ko‘rsatgan.
Kalit so`zlar :
Badiyat,syujet chizig`i,badiiy bo`yoq,badiiy proza,yumor. 
Gulxaniy asarlari faqat g‘oyaviy mazmuni bilangina emas, balki badiiy tili va uslubi 
bilan ham o‘sha muhitdagi adabiyot vakillari ijodidan ajralib turadi. Chunki Gulxaniy 
asarlarining, ayniqsa, “Zarbulmasal”ning tili o‘sha vaqtlardagi jonli xalq tiliga yaqin 
bo‘lishi bilan diqqatga sazovordir.


172 
Gulxaniy xalqqa manzur bo‘lgan asarlarini yozishda faqat xalqning jonli tili va 
og‘zaki ijodiyotiga tayanib qolmadi, balki o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari Alisher 
Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy tajribalaridan, nasrdagi mahoratidan 
bahramand bo‘ldi. Ayniqsa, Alisher Navoiyning nasriy asari–“Mahbubul-qulub” 
Gulxaniyning “Zarbulmasal”ni yaratishiga samarali ta’sir etdi.
“Zarbulmasal”ning tili va muallif uslubi haqida so‘z borar ekan, “Echkining oti 
Abdulkarim bo‘larga so‘z kerak”, “Sening kordonlig‘ing kulol mo‘ndida suv ichgandek 
ekan”, “Og‘zi oshga yetganda burni qonagan men bo‘ldim”, “Xom tarvuzni qo‘ltig‘ingga 
olma”kabi iboralarni eslatib o‘tamiz. Bunda Gulxaniyning maqol va masallardan aniq 
ifodalar va iboralar ijod etishdagi mahorati yaqqol ko‘zga tashlanadi, ko‘rinadi.
U xalq askiya va yumori tajribasidan foydalanib, qiziqarli lavhalar ham chizdi. Buni 
Boyo‘g‘li uyidagi bazmning tarqalishi tasvirida ravshan ko‘rish mumkin: 
“Alqissa, zamondin keyin bazmlari tugab, mug‘anniylar olganlariga quvonib, 
oroyish uzilib, ma’raka buzilib, el oyog‘i tinib, orom uchun etikdan oyoq…chiqardilar”. 
Bundan tashqari, “Zarbulmasal”dagi voqealarning mantig‘iga bog‘lanib kelgan“Yapaloq 
sha’n-shavkatlar bilan to‘y olib keldi”, “Og‘zingizdan o‘rgulay, to‘ram”, “Bo‘rimisiz, 
tulki?” kabi iboralar aniq hamda “teva”, “tushov”, “palos”, “taqiya”kabi xalq orasida keng 
tarqalgan nomlar Gulxaniyning katta hayotiy va ijodiy tajribaga egaligini, asar tilining 
boyligi, ommabopligi va uslubining ravonligini ravshan ko‘rsatadi.
Gulxaniy “Zarbulmasal” da tabiat manzaralarini turli badiiy bo‘yoqlarda ustalik bilan 
tasvirlab bera olgan: 
Bor edi ko‘p ne’mati alvonlari, Xurramu ma’mur edi hayvonlari.
Zulf kabi sunbuli xushbo‘ylari, Rohatijon erdi oqar suvlari.
“Tuya bilan Bo‘taloq”masalidagi tabiat tasvirini ko‘zdan kechiraylik: 
Fasli tamuz erdi, havo ko‘p isig‘, Yo‘lda temurdek edi qumlarqiziq
33
… 
Gulxaniy voqea tasviriga ustalik bilan yumorga xos ruhni kiritadi. Masalan, yozuvchi 
Xolboqi misgarning “Ey toshkemirgur nafas…meni namozxon aylading”, deb o‘z nafsiga 
qilgan malomati, Muhammad Qosimning mardikor do‘ppisini tortib olib:“Mening 
do‘ppimning tovonini sen berursan”deb qilgan da’vosi, Yodgor po‘stindo‘zning “Chokdan 
33
Gulxaniy. Zarbulmasal. – T.: Ozbekiston. 2018. 17-bet. 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə