2-§. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari 3-§. Inqirozlarning mazmuni va turlari


-§. Inqirozlarning mazmuni va turlari



Yüklə 41,88 Kb.
səhifə9/12
tarix27.12.2023
ölçüsü41,88 Kb.
#161817
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
18-mavzu. IqtisodiYOtning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorli-fayllar.org

3-§. Inqirozlarning mazmuni va turlari.
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. SHunga ko‘ra ushbu fazanining mazmuni va uning turlarini batafsil ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Inqiroz bir siklni nihoyasiga etkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi.


Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. SHunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyasiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. SHunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyasiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi — takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Yüklə 41,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə