2- laboratoriya ishi: Elektrolit eritmasining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash yo’li bilan uning ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi qiymatini aniqlash



Yüklə 129,5 Kb.
səhifə2/4
tarix18.04.2022
ölçüsü129,5 Kb.
#85623
1   2   3   4
2-labor Elektrokimyo

Kerakli jihozlar: Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash uchun idish, Reoxord ko’prigi R=38, mis simlari, areometr, o’chov silindri, o’lchov kolbalari, 5-6 ta stakanlar (100 ml), eritmalar, kons. CH3COOH, 1N CH3COOH eritmasi, 1/4, 1/8, 1/16, 1/32 va 1/64 marta suyultirilgan
Mavzu: Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash.

Reja:

1. Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.

O’quv faoliyatining natijalari: Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchash mavzusini tushunib oladilar

CH
3COOH eritmalari
Asbob yig’ib tayyorlanadi, bunda kontaktlar yaxshi ulanganligi va similar butunligi sinchiklab tekshiriladi.

Idish konstantasi topiladi.

Konsentratsiyasi 1/8n, 1/16n, 1/32n va 1/64n bo’lgan sirka kislota eritmasining elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi. Eritmalar 1n li eritmani suyultirish usuli bilan tayyyorlanadi.

Elektr o’tkazuvchanlikni topishdan ilgari idish va elektrodlar avval suv bilan, so’ngra elektr o’tkazuvchanligini topish kerak bo’lgan sirka kislota eritmasi bilan yuviladi va shundan so’ng tekshiriladigan eritma idishga quyiladi.

Tekshirilayotgan eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini magazinning shunday qarshiligida o’lchanadiki, bunda suriluvchi kontakt reoxord shkalasining taxminan o’rtasida turadi.

Amaliy ish quyidagi bajariladi. Ustanovka yig’ib batamom tayyor qilingach, telefon quloqqa tutib olinadi va kontakt reoxord o’rtasiga suriladi; zanjirga tok beriladi va telefondan kelayotgan ovozni eshitib turib, eng sekin eshitilayotgan qarshilik tanlab olinadi. Shundan keyin kontaktni o’ngga va so’lga surish yo’li bilan yelkalar nisbati AB/BV o’zgartiriladi, bunda telefondan kelayotgan tovush juda pasaygan yoki butunlay eshitilmay qiolgan nuqta topiladi.

Tekshirilayotgan eritma qarshiligi Rx quyidagi formula bilan hisoblanadi.

Rx = Rb/a om

Bunda R- qarshiliklar magazinining qarshiligi

a - AB reoxord yelkasining uzunligi

b - BV yelkaning uzunligi

Tekshirilayotgan eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi

x = C/Rx om -1*sm-1

bo’ladi.


Bunda C – idish konstantasi

1/8n eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligio’lchab bo’lingach, u to’kib tashlanadi, idish oldin suv bilan, keyin tekshiriladigan navbatdagi eritma bilan chayqaladi va yangi eritma quyib to’latiladi.

Eritmaning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga o’tishdan ilgari idish 10 minut davomida termostatga botirib qo’yiladi, bumda eritmaning temperaturasi termostat temperaturasi bilan baravarlashtiriladi.


Yüklə 129,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə