2- mavzu G’isht tosh terimi turlari



Yüklə 351,72 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü351,72 Kb.
#104970
g\'isht terim turlari


2- Mavzu
G’isht tosh terimi turlari
Reja:

  1. G’isht tosh terimini qulf kalit qilib terish qoidalari

  2. G’isht terish jarayonlari ketma-ketligi

  3. Bir va ko’p qatorli qulf-kalit qilib terish sistemalari

G’isht tosh devor qurilmasini musthkamligini ta’minlash uchun qulf-kalit qilib terish qoidasiga rioya qilish kerak. Devorga ta’sir qiladigan kuchni asosan g;’isht tishlar qa’bul qiladi ular siquvchi kuchlarga yaxsji qarshilik ko’rsatadi shuniung uchun g’isht toshlarni qulf-kalit qilib terish ta’lab etiladi. Ularni egilish va sinishdan asrash uchun terganda yuzasi bir-biriga ko’proq tegib turadigan qilib enli tomoni bilan yotqiziladi. Qulf – kalit qilib terishning foydasi. Toshlar to’shamsi devorga ta’sir etadigan toshlarga tik bo’lishi toshlar esa devorning gorizontal qatorlari bo’ylab joylashishi lozim. Toshlar bir qatorga siljib ketmaydigan qilib teriladi.
G’ishtli devorni terishda tik joylashgan ko’ndalang va bo’ylama choklari har-xil bo’lgan tekisliklarning gorizontal chok tekisliklari bilan kesishib perpendikulyar joylashishi kerak shundagina devor to’g’ri teriladi.
Qulf-kalit qilib terishning ikkinchi qoidasi yaxlit devor o’zining tashqi sirtiga parallel va tik bo’lgan vertikal tekisliklar yordamida bo’laklarga bo’linadi.
Qulf-kalit qilib terinshning uchunchi qoidasi har bir qatorning vertikal choki oldingi qatorga nisbatan bir oz surilgan bo’lishi, yani chok tagiga chok tushmasligi kerak.
G’ishtlarning oltita tomoni bo’ladi, qorishma ustiga qo’yiladigan tomoni usti va osti, uzun yon tomonlari bo’ylama, kalta yon tomoni ko’ndalang tomon deyiladi.
Devor eni o’lchami bo’yicha yarim g’isht eni 120mm, bir g’isht eni 250mm bir yarim g’isht eni 380mm ikki g’isht eni 510mm va ikki yarim g’isht eni 640mm ni tashkil etadi.
G’isht tosh devorlarda eshik deraza tuynuklar bo’lmaganda yaxlit, ular bo’lsa o’rni qoldirilib teriladi. G’isht terish ishlarida bo’rtiqlar, plyastirlar, ariqchalar, tokchalar, shtrabalar kabi elementlar mavjud. Bo’rtiq – devorning shunday qismiki, bunda navbatdagi qator oldingi qatordan tashqi tomonga biro z chiqib turadi. Bo’rtiqlar har qatorda g’isht uzunligining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.

Plyastrlar – devordan chiqib turadigan to’g’ri to’rtburchak ustunlar ko’rinishida bo’lib, ular devorga qulf-kalit qilib tiklanadi.
Ariqchalar – quvurlar, elektr kabellar va boshqa muhandislik tarmoqlarini joylashtirish uchun qilinadi. Bunda navbatdagi qator oldingi qatorga nisbatan biro z kirgizib teriladi.
Shrabalar – devorning bir qismi tiklangadan so’ng davom ettirib ketish maqsadida qulf-kalit qilinishi uchun vaqtinchalik to’xtatilgan devor qurilmasidir. Shtrabalar qiya va vertikal ko’rinishda bo’ladi.

G’isht devorni qulf-kalit qilib terishning asosiy uch turi: bir qatorl;I, ko’p qatorli va uch qatorli usullari mavjud.


Bir qatorli zanjirli usulda quyidagi bog’lash qoidalariga e’tibor berisi kerak:

  • Birinchi qator g’ishtlar devor bo’yiga nisbatan ko’ndalang qilib teriladi

  • Ikkinchi qator gi’shtlar devor bo’yiga nisbatan bo’ylama qilib teriladi

  • Ko’ndalang va bo’ylama qator g’ishtlar o’zaro navbatlashadi

  • Devorning sirtqi qatori bilan ko’ndalang terilgan g’ishtlar qatorining vertikal choklari chorak g’ishtga boglanadi.

  • G’ishtlari bo’ylama yotqizib terilgan qatorlarning vertiakal choklari devorning eni bo’yicha yarim g’ishtga bog’lanadi.

Yüklə 351,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə