|
2-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilaming ekologik madaniyatini shakllantirish va o‘qituvchining kuzatishga yo'naltirilgan topshiriqlar. Darsning maqsadi
|
tarix | 17.03.2023 | ölçüsü | 12,89 Kb. | | #102756 |
| 2-mavzu
2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilaming ekologik madaniyatini shakllantirish va o‘qituvchining kuzatishga yo'naltirilgan topshiriqlar.
Darsning maqsadi:Tabiatshunoslik darslarida o`quvchilarning ekologik madaniyatni shakillantirish .metodlarini o`rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid ko`rgazmalar, gerbariy, tablisalar, o`simlik va hayvonlar rasmlari, o`quv qo`llanmalari.
Ishning bajarilishi:
1. Tabiatshunoslik darslarida ekologik tarbiya berish deganda nimani tushunasiz?
2. 1-sinflarda “Atrofimizdagi olam” fanini o`qitishda, o`quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish uchun, qanday didaktik o`yinlarni o`tkazish muhim deb bilasiz?
2. 3-sinfda “Tabiatshunoslik” fanini o`qitishda, o`quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish uchun darslarda va darsdan tashqari mashg`ulotlarda qanday ishlarni amalga oshirish zarur deb bilasiz?
Ekologik bilimlar o`ziga xos sistemasiga ega bo`lib, u maktabda o`quv predmetlari kompleksi sifatida o`qitiladi. Mashg`ulot davomida kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini atrof muhit bilan yaqindan tanishtirish orqali tabiatning bebaho boyliklaridan foydalanishga doir tushunchalar ham berib borilishi kerak. Shu o`rinda o`quvchilar bilan go`zal tabiatning bir bo`lagi Orol dengizi haqida suhbatlar tashkil etish o’rinli.
Talabalarga, o`quvchilarga ekologik bilimlar berish davr talabidir. Bu vazifa maktablardagi ekologik tugarak yoki klublar orqali ham amalgam oshiriladi.
Boshlang`ich ekologik bilim va ko’nikmalarni shakllantirish orqali o`quvchilarning bilish qobiliyatlari o`stirilib ularda mustaqil fikrlash ko`nikmasi rivojlantiriladi.Tabiat muhofazasining ma`nosi va ahamiyatini o`quvchilarga ocha borib o`qituvchi bu mavzuning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini e`tiborga tutishi kerak. Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish manbaigina bo`lib qolmasdan balki xalq ma`naviy boyligining asosi hamdir. O`qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to`g`risida qanday g`amxo`rlik qilinayotganligini gapirib berish o`quvchilarni O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z aksini topgan tabiat muhofazasi to`g`risidagi modda bilan shuningdek O`zbekiston tabiatini muhofaza qilish jamiyatining Nizomi bilan tanishtirib borish kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining ma`naviy tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to`g`risida g`amxo`rlik bolalarda kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida vatanparvarlik hissini shakllantirishda inson va tabiat o`rtasida oqilona o`zaro munosabat o`rnatishda g`oyat katta ahamiyat kasb etadi.Tabiat muhofazasi masalalarini o`rganish ushbu mavzu bilan cheklanmaydi. Bu tabiatshunoslik kursining bosh masalasidir. Tabiat muhofazasi bo`yicha amaliy faoliyat bolalarda tabiat boyliklarini himoya qilish hamda ko`paytirishga intilishni rivojlantiradi. Shunga ko`ra ularni qushlar uchun oziqa tayyorlashda qatnashishga kech kuz qish va erta bahorda qushlarni boqishga gul manzarali o`simliklar urug`larini yig`ishga ularni aholi o`rtasida tarqatishga, guzarlarda ko`kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni yemirilishdan saqlovchi o`simliklrni o`stirishga jalb qilish kerak.O`quvchilarga yashil tabiat quchog`idagi borliqni sistemali ravishda o`rgatib boorish jarayonida ekologik bilim va tarbiyaning o`ziga xos tomonlari singdiriladi. Ekologik bilimlarni og`zaki bayon etishning metodlari o`quvchilardan aqliy qobiliyatlarini o`stirishga xizmat qiladi. O`quvchilarda zamonaviy ekologik tafakkur shakllanadi.
Topshiriqlar.
1. Tabiatshunoslik darslarida o`quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirishning, har kunlik dars jarayonida tashkil qilishning eng oson va qiziqarli metodlarnini ishlab chiqing!
Dostları ilə paylaş: |
|
|