2-amaliy mashg‘ulot O‘zbek adabiy tili me’yorlari



Yüklə 36,91 Kb.
səhifə4/7
tarix23.05.2023
ölçüsü36,91 Kb.
#112335
1   2   3   4   5   6   7
2-amaliy mashg\'ulot

So‘z yasash me’yori. Bu me’yor tilda yangi so‘z yasash usullarini belgilab beradi, so‘z yasash qonuniyatlarini tekshiradi.
Ma’lumki, tilning lug‘at tarkibi yangi so‘z yasash hisobiga ham boyib boradi. So‘z yasash o‘z-o‘zidan amalga oshirilmaydi. Har bir tilda so‘z yasashning o‘z ichki qonuniyatlari mavjud. O‘zbek tilida ham so‘z yasashning o‘ziga xos usullari (fonetik, semantik, leksik, morfologik, sintaktik, kompozitsiya usullar) bo‘lib, so‘z yasashda ularga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Imloviy me’yor. Imloviy me’yor yozma nutqning madaniylik darajasini belgilovchi muhim omildir. Bu me’yor til birliklarini to‘g‘ri yozish qonun-qoidalariga asoslanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ikki yozuv turiga asoslangan imlo qoidalari bilan ish ko‘rilmoqda. Bular: 1. Kirillcha-o‘zbekcha yozuvga asoslangan imlo qoidasi.4 Bu qoida 1956 yil 4 aprelda tasdiqlangan bo‘lib, 72 paragrafdan iborat qonun-qoidalarni qamrab oladi. 2. Lotincha -o‘zbekcha yozuvga asoslangan imlo qoidasi.5 Bu qoida 1995 yil 24 avgustda tasdiqlangan, unda 82 ta imlo qoidasi berilgan.
Har ikki imlo qoidalari ham hozirgi kunda amalda bo‘lib, imloviy me’yorlarni tartibga keltirishga, uni mukammallashtirishga xizmat qilmoqda.
Punktuatsion me’yor. Bu me’yor yozma nutqqa xos bo‘lib, yozuvda tinish belgilarining qo‘llanish qoidalarini belgilab beradi.
Ma’lumki, tinish belgilari yozma nutqning aniq, ifodali, to‘g‘ri tuzilishiga yordam beradi. Tinish belgilarining noto‘g‘ri qo‘llanishi nafaqat jumlaning sintaktik tuzilishiga, balki uning mazmuniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli yozma nutqning maqsadga muvofiq tarzda tuzilishida tinish belgilari muhim ahamiyatga ega. Qiyoslang: Yigitlar, yetib kelishdi // Yigitlar yetib kelishdi.
KAZNIT,nelzya pomilovat-Qatl qiling, rahm –shafqat qilmang. Kaznit NeLZYa, pomilovat- Siz qatl qila olmaysiz, avf eting.
Birinchi holatda yigitlar so‘zidan so‘ng vergulning qo‘yilishi natijasida bu so‘z undalmaga aylanib, gap bir tarkibli murakkablashgan sodda gap shakliga ega bo‘ladi. Agar gapdan vergul olib tashlansa, yigitlar so‘zi ega vazifasida qo‘llanadi hamda gap ikki tarkibli sodda gap tuzilishiga ega bo‘ladi.

Yüklə 36,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə