2 annotatsiya



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix18.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#122332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Maktabgacha ta’lim 2 talim dastur va mezoni

KIRISH 
Ushbu dastur 60110200 – Maktabgacha ta‟lim yo„nalishi bo„yicha ikkinchi 
va undan keyingi oliy ma‟lumot olish bo„yicha kiruvchilar uchun
 
mo„ljallangan 
bo„lib, Davlat ta‟lim standartlari talablari asosida tuzilgan.
“Maktabgacha pedagogika” fani 
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy, 
jismoniy, aqliy – ahloqiy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik ta‟limini amalga oshirishning 
metod va vositalarini asoslab berilgan. O„zbekistonda ijtimoiy maktabgacha 
ta‟limni tashkil etishning asosiy bosqichlari, asosiy xususiyatlari va maktabgacha 
ta‟lim bo„yicha yuqori malakali rahbar, metodist-nazoratchi va tarbiyachilarni 
tayyorlash vazifalari, usul-uslublari, xalq ta‟limi bo„limining asosiy vazifalari 
metodik rahbarlik qilish tamoyillari bu o„quv dasturining mazmunini tashkil etadi.
Asosiy qism: 
Maktabgacha pedagogika fanining maqsadi: 
Maktabgacha pedagogika fani bo„lajak tarbiyachilarni ta‟lim-tarbiya
qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish. Shuningdek, u maktabgacha ta‟limga 
qo„yilgan talablari, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni 
pedagogik asoslarini o„rgatadi.
 
Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari:
- Bo„lajak tarbiyachi oldiga qo„yiladigan maqsad va vazifalar O„zbekiston 
istiqboli va istiqloli uchun barkamol avlodni tarbiyalashning dastabki bosqichi: 
- maktabgacha pedagogikaning mazmuni, o„zi xos xususiyatlari, ta‟limiy-
tarbiyaviy jihatlarini topishi, hamda kasbiga bo„lgan munosabatni tarbiyalash. 
Tarbiyachining kasbiy xususiyati va unga qo„yilgan talablar: 
- maktabgacha pedagogika kursini maqsadi: bulajak tarbiyachi, pedagogik 
kollej uqituvchilariga maktabgacha pedagogika fanini nazariy milliy asoslari 
bilan qurollantiradi; 
- o„„qitish jarayonida mutaxassislik bo„yicha mahorat, tashkiliy metodik 
malaka, bolalarni jonajon yurtimizni sevish, asrab-avaylash ruhida tarbiyalash 
jarayonida bilimlarini amalda tadbiq qila bilish qobiliyatini rivojlantirish. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə