2-bosqich 1-semestr. 1-mavzu: Kirish. Adabiyot ma’naviyatni yuksaltirish vositasi Adabiyot



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix15.04.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#105711
1   2
001 1mavzu 2 kurs adabiyot

Adabiyot
nazariyasi
Adabiyot
tarixi
Adabiy
tanqid




Adabiyotda badiiy tasvir -obrazlilik yordamida ifodalanadi. Obrazlilik
badiiy adabiyotning hamma qismlari uchun xosdir. Ma’lumki, asardagi har bir
shaxs, hodisa, narsa bizning ko‘z o'ngimizda namoyon bo‘ladi. Biz ularning
so‘z bilan chizilgan suratini ko‘ra olamiz. Faqat bunda bu surat harakatsiz
holatda emas, balki muttasil harakatda, bir-biri bilan qarama-qarshilik va
ziddiyatlarda ko‘rinadi. Masalan, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig»
asarida XI asrdagi turkiy xalqlar hayotining ayrim manzaralari qalamga
olingan. Unda muallif goh qahramonlar tilidan, goh o‘z tilidan XI asr
kishilarining o‘y-flkrlari, orzu-intilishlarini tasvirlaydi


Kitobxonlik madaniyatining yuksalishida o‘z ustida
ishlashning, mustaqil va ijodiy faoliyatning ahamiyati beqiyos. 
Shuningdek, ulug‘ ajdodlarning hayoti va ijodidan saboq olish, 
ular yozib qoldirgan hayotiy hikmatlardan bahramand bo‘lish
ham lozim. Mahmud Koshg‘ariy «Qut belgusi – bilig» degan
maqolning turkiy xalqlar og‘zaki ijodida juda qadim davrlardan
boshlab faol iste’molda bo‘lganini yozadi. Bu har qanday
fazilatning boshlanishi bilimdir degan ma’noni anglatadi. 
Bilimning manbayi esa, tabiiyki, kitob bo‘ladi.


Adabiyot – estetik tarbiya vositasi.
Badiiy asarlarda urush va tinchlik, tog‘ va daryolar, shahar va
qishloq, inson va hayvonot dunyosi, o‘simliklar olami, hattoki
sukunat ham qalamga olinaveradi. Ammo bularning barchasi inson
qalbi, uning ruhiyati, ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak
adabiyotning markazida doim inson turadi. Masalan, gul, bahor, 
qush, tosh, ot tasviriga bag‘ishlangan asarlar bo‘lishi mumkin. Biroq
bu asarlarda ham insonning borliqqa bo‘lgan munosabati aks etadi. 
Aslida bular insonning go‘zalikka bo‘lgan intilishi bilan bog‘liq. Shu 
ma’noda adabiyot estetik tarbiya vositasi ham deyiladi.


Hadisi sharifda aytilganidek, «... agar siz yaxshi narsalarni ko‘rib
xursand bo‘lsangiz va aksincha, yomon narsani ko‘rib ranjisangiz, 
haqiqiy mo‘min ekansiz». Bu yaxshi insonga xos xislat belgisidir.
Bugungi kun nasrida qalam tebratayotgan ijodkorlarimizdan Tohir
Malik, Tog‘ay Murod, Nazar Eshonqul, Luqmon Bo‘rixon, Xurshid
Do‘stmuhammad, Zulfiya Qurbonboy qizi, Ulug‘bek Hamdam kabi
bir qator yozuvchilarimizning asarlari milliy adabiyotimiz uchun
yangi badiiy hodisa bo‘ldi.


Bugungi kunda adabiyotimizga o‘zgacha ruh olib kirgan
yozuvchi, adibalarimizdan biri Salomat Vafodir. Salomat Vafo
badiiy adabiyotda hikoyalari, romanlari bilan tanilgan ijodkor. 
Uning “Ovoraning ko`rgan- kechirganlari” romanida oddiy bir
ayolning turfa xil ko‘guliklarni boshdan kechirshi oqibatidagi
og‘ir qismati tasvirlanadi. Yozuvchi har bir asarida ayol ruhiyati, 
insoniy tuyg‘ular, qadr-qimmat tuyg‘usiga alohida e’tibor qaratadi. 
Salomat Vafo yaratgan obrazlar, ifoda tarzining favquloddaligiga
ko‘ra adabiyotimizda yangilik bo‘ldi.




Nazorat savollari:
1. Qadimiy adabiy yodgorliklardan qaysilarini bilasiz?
2. Qomusiy olimlar va ularning asarlari haqida nimalar
bilasiz?
3. Hadislar va turkiy adabiyotning qanday namunalarini
bilasiz?
4. Adabiyotda badiiy tasvir qanday ifodalanadi?
5.Hozirgi davr adabiyoti haqida fikringiz? 



6. Asar tanlash va uni mutolaa qilishda, asosan, nimalarga e’tibor
berdingiz?

7. Ko‘p kitob o‘qigan inson ma’naviyatiga qanday baho berasiz? 
Fikringizni hayotiy misollar asosida izohlang.

8. O‘zbek adiblarining ma’naviyatga, adabiyotga doir qaysi hikmatli
so‘zlarini bilasiz?

9. Badiiy adabiyotning inson qalbi va jamiyat hayotiga ta’siri to‘g‘risida
misollar asosida fikr bildiring.

10. Ta’til davomida o‘zingiz o‘qigan badiiy asarlarga annotatsiya
(qisqacha izoh) yozing. 


Uyga vazifa
Quyida muallifi bilan berilgan asarlarni o‘zbek adabiyotining taraqqiyot
bosqichlariga ko‘ra davrlashtiring: 
“Alpomish” dostoni, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq”, Xorazmiy
“Muhabbatnoma”, “Shiroq” afsonasi, Cho‘lpon “Kecha va kunduz”, Mahmudxo‘ja
Behbudiy “Padarkush”, “To‘maris” afsonasi, Mahmud Koshg‘ariy “Devon-u 
lug‘otit-turk”, Alp Er To‘nga marsiyasi, Nosuriddin Rabg‘uziy “Qissasi
Rabg‘uziy”, Haydar Xorazmiy “Gul va Navro‘z”, “Pirimqul Qodirov “Yulduzli
tunlar”, Abdulla Oripov “Sohibqiron”, Zahiriddin Muhammad Bobur
“Boburnoma”, Alisher Navoiy “Xamsa”.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə