2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari



Yüklə 329,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix19.02.2022
ölçüsü329,28 Kb.
#83931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5188308690997876578[1]

2004  yilda 

O’zbekiston  Respublikasining  “Davlat  byudjetining  g’azna 

ijrosi  to’g’risida”gi  Qonunini  qabul  qilindi.  Bu  Qonun  byudjet  xarajatlarini 

boshqarish va nazorat qilish jarayonlariga keskin o’zgartirishlar kiritdi. Ushbu 

Qonunning  maqsadi  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  byudjetining  (shu 

jumladan  davlat  maqsadli  jamg’armalarining)  va  byudjet  tashkilotlarining 

byudjetdan  tashqari  mablag’larining  g’azna  ijrosi  sohasidagi  munosabatlarni 

tartibga  solishdan  iborat  bo’ldi.  “Davlat  byudjeti  g’azna  ijrosi  to’g’risida”gi 

Qonunning  qabul  qilinishi  o’z  navbatida  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning 

tovarlarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish 

hamda  ularning  xarajatlarini  to’lashga  qaratilgan  byudjet  mablag’larining 

harakatini nazorat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo etadi. 

 



2005  yilda 

Moliya  vazirligi  tarkibida  davlat byudjetining g’azna  ijrosini 

joriy  qilish  uslubiyoti  boshqarmasi  tashkil  etildi.  Davlat  byudjetining  g’azna 

ijrosini joriy etish – keng qamrovli masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan qator 

masalalarni hal qilishni talab etardi, xususan, g’aznachilik faoliyatining uslubiy 

asoslarini shakllantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona g’azna 

hisobvarag’ini  ochish  va  shu  kabi  masalalar  Uslubiyot  boshqarmasi 

faoliyatining  diqqat  markazida  bo’ldi  va  byudjetning  g’azna  ijrosi 

metodologiyasini yaratishga qaratildi. 

 



2007 yilda 

respublikaning barcha hududlarida davlat byudjetining g’azna 

ijrosi elementlari joriy etildi, davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga 

ko’ra barcha guruhlari bo’yicha ijrosi g’aznachilik bilan qamrab olindi. 

 

2007 yilda 



Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish hisobiga byudjet 

tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan 

holda  byudjet  mablag’larining  maqsadli  sarflanishi  ustidan  nazoratni 

kuchaytirish,  barcha  darajalardagi  byudjet  daromadlari  va  xarajat-  larini 

boshqarish  samaradorligini  oshirish  maqsadida  Moliya  vazirligi  Davlat 

byudjetining  g’azna  ijrosini  tadbiq  etish  va  uslubiyoti  boshqarmasi  hamda 

mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  va  uning  hududiy  bo’linmalari 




tashkil etildi. 

 



2009  yilda 

davlat  byudjeti  bilan  birgalikda,  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining  ham  ijrosi  G’aznachilikka  o’tdi.  Bu  maqsadda  davlat 

maqsadli  jamg’armalari  mablag’lari  harakatini  ta’minlovchi 

tegishli 

banklardagi ularning hisobraqamlari yopilib, G’aznachilikda ular  uchun shaxsiy 

hisobraqamlar ochildi va ularning daromadlari tushumi va harajatlari to’lovi shu 

hisobraqamlardan amalga oshirila boshlandi. 

 

2010 yildan 



boshlab tajriba tariqasida davlat byudjetining bojxona orqali 

tushuvchi daromadlari ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshirila boshladi. 

 

2011  yildan 



boshlab  yangi  byudjet  tasnifiga  asoslangan,  davlat  byudjeti 

g’azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G’aznachilik dasturiy majmui 

ishga tushirildi. 

 



2011 yilning 

7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat 

xaridlari  tizimini  muqobillashtirish  va  ularga  kichik  biznes  sub’ektlarini  jalb 

qilishni  kengaytirish  to’g’risida”gi  PQ-1475-sonli  qarori  qabul  qilindi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko’rsatilgan vazifalarning 

bajarilishini  ta’minlash  uchun  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Davlat  xaridlari 

bo’yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  deb  belgilandi.  G’aznachilik 

tashkiliy  tuzilmasi  tarkibida  esa  “Davlat  xaridlarini  amalga  oshirish  jarayoni 

monitoringi axborot-tahlil bo’limi” tarkib topdi. 

 

2012  yilning  1  yanvaridan 



boshlab  O’zbekiston  Respublikasi  “Davlat 

byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonuni talablaridan kelib  chiqib, Davlat 

byudjetining  daromadlari  va  xarajatlari  G’aznachilikning  Yagona  g’azna 

hisobvarag’idan  amalga  oshirila  boshlandi.  Yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

tomonidan  davlat  byudjetiga  o’tkaziladigan  soliqlar  va  majburiy  to’lovlar 

banklar  tomonidan  qabul  qilinadigan  va  belgilangan  tartibda  23402-,  23403-, 

23407-,  23409-,  20207-,  20205-  va  23411-sonli  balans  hisobraqamlarda 

ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan 

tegishli  byudjetlar  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  hisobiga  belgilangan 

miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladigan tartib joriy etildi. 

 

2014  yildan 



Byudjet  kodeksining  amalga  kiritilishi  byudjet  tizimi 

byudjetlari  g’azna  ijrosini  tashkil  etishning  qonuniy  bazasini  yanada 

mustahkamladi. 

 



2016 yilda 

respublikamiz bir necha  yillardan buyon davlat moliyasini isloh 

etishda  davlat  byudjet  daromadlarini  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab  olish 

islohotlarning  eng  muhim  bosqichi  hisoblanadi.  Shu  munosabat  bilan 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5  martdagi (ro’yxat 

raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 2016 

yilning  1  aprelidan  1  iyuniga  qadar  byudjet  tizimi  byudjetlari  daromadlarini 

yig’ishning  amaldagi  tartibni  saqlab  qolgan  holda  O’zbekiston  Respublikasi 

byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab 

olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi 

axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona 



qo’mitasi  va  daromadlarni  yig’ishga  vakolatli  bo’lgan  tegishli  organlar  va 

tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini yo’lga qo’yish, 

shuningdek, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi byudjet 

tizimi  byudjetlari  daromadlarini  g’azna  ijrosi  mexanizmi  bilan  to’liq  qamrab 

olish  vazifasi  yuklatildi.  Bunda  2016  yil  1  iyulidan  byudjet  tizimining 

byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan respublikaning barcha 

hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan. 

 



2017  yildan 

byudjet  tizimi  byudjetlari  g’azna  ijrosini  tashkil  etish 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirining  2016  yil  22  noyabrdagi  88-son

 

buyrug’iga 



ko’ra O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 

22  dekabrda  №2580  raqami  bilan  ro’yxatdan  o’tkazilgan  “O’zbekiston 

Respublikasi  byudjet  tizimi  byudjetlarining  g’azna  ijrosi  Qoidalari”da 

belgilangan  mexanidm  asosida  tashkil  etildi.  Bunda  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilarning  yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlarini  ro’yhatdan  o’tkazishda 

tegishla hujjatlarni UzASBO tizimi orqali  g’aznachilik bo’linmalariga uzatish 

va  O’RMVAT  tizimida  hisobga  olishning  amaldagi  byurokratik  tizimdan 

elektron tizimiga o’tilishi asosida g’aznachilik ijrosining yanada samarali ijrosi 

ta’minlandi. 

 



2018  yillarda 

davlat  va  korporativ  xaridlar  tizimini  zamonaviy  uslub  va 

uslubiyot  asosida  tashkil  etish  chora  tadbirlari  belgilandi.  Bunda  davlat 

xaridlarini  samarali,  korruptsiyadan  xoli  va  shaffof  tarzda  tashkil  etilishi 

maqsadida qonun hujjatlari shakllantirildi. 

Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  davlat  moliyasini  samarali  boshqarish 

uchun  ham,  undan  oqilona  foydalanilishi  ustidan  qat’iy  nazoratni  ta’minlash 

uchun ham mustahkam zamin yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin: 

 


Yüklə 329,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə