2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari



Yüklə 329,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix19.02.2022
ölçüsü329,28 Kb.
#83931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5188308690997876578[1]

1.

 

O’zbekiston Respublikasida davlat budjetining g’azna ijrosiga 

o’tishning zarurligi va ahamiyati 

 

O’zbekiston  Respublikasida  davlat  moliyasini  boshqarish  tizimida  olib 

borilayotgan islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat  budjetining g’azna 

ijrosiga  bosqichma-bosqich  o’tishni  va  uning  faoliyat  mexanizmlarini 

takomillashtirishni  nazarda  tutadi.  Bunda  zamonaviy  axborot  texnologiyalari 

yordamida davlat mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash, 

qayta  ishlash,  uzatish  usullarini  o’zlashtirish  asosida  davlat  moliyasini 

boshqarishning  samarali  usul  va  vositalarini  shakllantirish  va  muvofiq  holda 

ishlashini ta’minlash zarur bo’ladi. 

Mamlakatimizda davlat budjetining g’azna ijrosini samarali tadbiq etishga 

faqatgina  barqaror  rivojlanish  ko’rsatkichlariga  erishganimizdan  keyingina 

muvaffaq bo’lindi. O’zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida 

ham  kengqamrovli  islohotlarni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirib  kelmoqda.  Bu 

islohotlarning  ijobiy  natijalarini  davlat  budjeti  g’azna  ijrosining  muvaffaqiyatli 

joriy etilishida ko’rishimiz mumkin. 



Davlat  budjetining  g’azna  ijrosi  davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining  barcha  daromadlarini,  shuningdek,  budjet  tashkilotlarining 

budjetdan  tashqari  mablag’lar  bo’yicha  tushumlarini  yagona  g’azna 

hisobraqamga  jamlash  va  ularning  barcha  xarajatlarini  shu  hisobraqamdan 

amalga  oshirishni  nazarda  tutadi.  Bu  esa  davlat  budjeti,  budjetdan  tashqari 

fondlar,  budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  mablag’lari,  davlat  qarzlari 

va  ularga  xizmat  ko’rsatish  jarayonlarining  tezkor  nazoratini  va  monitoringini 

olib  borish,  davlat  mablag’larining  samarali  ishlatilishini  ta’minlash,  davlat 

moliyaviy  resurslaамrining  harakati  to’g’risida  operativ  tarzda  ma’lumotlarni 

jamlash imkonini beradi. 

Taraqqiyotimizning  bugungi  sharoitida  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  sodir 

bo’layotgan tarkibiy o’zgarishlar, butun moliya tizimida, uning markaziy bo’g’ini 

bo’lgan  davlat  moliyasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  davlat  moliyasini 

boshqarish masalalarida muayyan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish zarurligini 

talab  qilmoqda.  Bunday  sharoitda  nafaqat  davlat  moliyasi  haqidagi  ma’lum 

nazariy  bilimlarga  ega  bo’lgan,  balki  davlat  budjeti  g’azna  ijrosi  jarayonlarida 

vujudga  keladigan  holatlarni  tushuna  oladigan,  budjet  ijrosi  ishtirokchilari 

bo’lgan  moliya  organlari,  g’aznachilik  bo’linmalari,  budjet  tashkilotlari  va 

budjetdan  mablag’  oluvchilar  amaliy  faoliyatini  samarali  tashkil  qila  oladigan, 

davlat  mablag’larini  samarali  boshqarishga  qaratilgan  boshqaruv  qarorlarini 

qabul  qila  oladigan  zamonaviy  mutaxassislar  tayyorlash  birinchi  darajali 

ahamiyatga  egadir.  Shu  sababli  davlat  moliyasi  uchun  tashabbuskor,  ijodiy 

fikrlaydigan  mutaxassis  kadrlarni  tayyorlashda  budjet-moliya  va  budjetning 

g’azna ijrosi nazariyasi va amaliyotini o’rganishga muhim o’rin beriladi. 

Jamiyatning  bu  talabini  anglagan  holda,  shuningdek,  Kadrlar  tayyorlash 

Milliy  dasturining  ta’lim  tizimiga  yangi  avlod  darsliklarini  yaratish  bo’yicha 

dasturiy  vazifasini  bajarish  maqsadida  mualliflar  tomonidan  oliy  ta’limning 

tegishli yo’nalishlaridagi talabalar uchun “G’aznachilik” nomli darslik yaratildi. 

Ushbu darslikning maqsadi talabalarda davlat budjeti g’azna  ijrosini  tashkil etish 

va  g’aznachilik  faoliyati  haqidagi  yaxlit  bilimlar  tizimini  shakllantirish, 

g’aznachilik mexanizmlarining amal qilish xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 

O’zbekiston 

Respublikasida 

iqtisodiyotni 

erkinlashtirish 

va 


modernizatsiyalash  sharoitida  davlat  moliyasi  tizimida  chuqur 

iqtisodiy 

islohotlar  amalga  oshirilmoqda.  Bu  islohotlar,  qator  vazifalar  bilan  birgalikda, 

davlat  moliyasini  boshqarish  samaradorligini  oshirishni  nazarda  tutadi.  Bunda 

davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan- texnika 

taraqqiyoti  yutuqlari  va  boshqa  texnik  vositalar  yordamida  axborotni  jamlash, 

qayta 

ishlash, 



uzatish 

qoidalari 

va 

usullarini 



o’zlashtirish  asosida 

axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi. 

Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya 

tizimining bosh bo’g’ini – davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil 

etish  tizimidagi  islohotlar,  xususan,  budjet  ijrosida  kassali  tizimdan  jahon 

amaliyotida  sinalgan  va  o’zining  ijobiy  natijalarini  bergan 




Yüklə 329,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə