2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari



Yüklə 329,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix19.02.2022
ölçüsü329,28 Kb.
#83931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5188308690997876578[1]

budjet  tizimi 

budjetlarining g’azna ijrosi

ga o’tish amalga oshirilmoqda. 




Bugungi  kunda  budjet  jarayonini  samarali  tashkil  qilish  ishlarini 

g’aznachilik  nazoratisiz  ta’minlash  qiyin  ekanligini  olimlar  va  iqtisodchilar, 

qolaversa,  soha  mutaxassislari  asosli  ravishda  e’tirof  etmoqdalar.  Chunki 

g’aznachilik  nazorati  budjet  daromadlari  va  xarajatlarini  yagona  g’azna 

hisobraqamiga  jamlash,  pul  mablag’larini  to’g’ri  rejalashtirish,  moliyaviy 

oqimlarning dastlabki va joriy nazoratini amalga oshirish hamda davlat budjetini 

yuqori operativlikda ijro qilish imkonini beradi. 

Ma’lumki, global jahon iqtisodiyotidagi jiddiy muammolar hamda ularning 

dunyodagi  ko’plab  mamlakatlar  qatorida  bizning  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga 

ham ko’rsatayotgan salbiy ta’siriga qaramasdan, oxirgi yillarda respublikamizda 

yuqori  va  barqaror  o’sish  sur’atlarini  saqlab,  makroiqtisodiy  barqarorlik  va 

mutanosiblikning ta’minlanayotganligi o’ziga xos ijobiy ko’rsatkich bo’lmoqda . 

Avvalo,  budjet  jarayoni  tushunchasining  mazmuniga 

to’xtaladigan 

bo’lsak, budjet jarayoni - budjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va 

ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash 

va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi 

o’zaro  munosabatlarning  qonun  hujjatlariga  muvofiq  tartibga  solinishi  bilan 

bog’liq  bo’lgan  davlat  hokimiyati  va  mahalliy  o’z-o’zini  boshqarish  organlari 

hamda  boshqa  budjet  jarayoni  ishtirokchilarining  maqsadli  faoliyatidir.  Uning 

mazmuni mamlakatning davlat va budjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va 

yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan belgilanadi. 

Byudjet  jarayoni  budjetni  rejalashtirishdan  boshlanadi.  Byudjetni 

rejalashtirish davlat moliyaviy siyosati  talablariga  muvofiqlashtirilgan moliyaviy 

rejalashtirishning 

muhim 


tarkibiy 

qismini 


tashkil 

qiladi. 


Bunday 

rejalashtirishning  iqtisodiy  vazifasi  turli  darajadagi  budjetlar  va  budjetdan 

tashqari  jamg’armalarni  tuzish  va  ijro  etish  jarayonida  mamlakatni  ijtimoiy- 

iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida yalpi ichki mahsulot va 

milliy daromad qiymatini moliya tizimi bo’g’inlari o’rtasida markazlashtirilgan 

tarzda qayta taqsimlash nisbatlarini to’g’ri belgilashdan iboratdir. 

Mamlakatimizda  davlat  budjetining  g’azna  ijrosiga  o’tishgacha  bo’lgan 

davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning  topshirig’iga muvofiq 

tijorat banklari 

davlat budjetining kassaviy ijrosini 

amalga oshirib keldilar. 2000 

yil  14  dekabrda  qabul  qilinib,  2014  yil  1  yanvarda  Byudjet  Kodeksi  kuchga 

kirgunga qadar budjet amaliyotining huquqiy asosini tashkil qilib kelgan “Byudjet 

tizimi  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonunining  37-moddasida 

“Davlat  budjetining  kassa  ijrosini  tashkil  etish,  shuningdek  uning  davlat 

daromadlari  va  xarajatlarini  hisobga  olish  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy 

banki  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda 

amalga  oshiriladi.  Davlat  budjetining  kassa  ijrosi  operatsiyalarini  banklar 

Markaziy bankning topshirig’iga binoan bajaradi”, - deb belgilab qo’yilgan edi. 

Byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari ularning hisobvaraqlaridagi budjet 

mablag’lari qoldiqlari doirasida to’lov topshiriqnomalari bo’yicha amalga oshirib 

kelindi. 



Bu  amaliyot  bir  necha  o’n  yillar  mobaynida  budjet  ijrosida  ma’lum 

darajadagi  samara  bilan  qo’llanib  kelindi.  Lekin  keyingi  yillarda  davlat 

budjetining  kassaviy  ijrosi  davlat  mablag’larini  boshqarish,  budjet  ijrosini 

tashkil  qilish  va  nazoratini  olib  borish,  mablag’larning  samarali  ishlatilishini 

ta’minlash masalalarida bir qator 

muammolarni 

keltirib chiqardi: 

 

budjet  daromadlari  va  xarajatlari  to’g’risidagi  axborotlarning  etarli 



darajada operativ (tezkor) emasligi

 



daromadlarning  bank  hisobraqamlariga  tushishi  va  budjetning 

hisobraqamlarida  aks  ettirilishidagi  uzilishlarning  mavjudligi  bois  budjet 

resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi; 

 



soliq  daromadlarining  budjet  tizimi  bo’g’inlari  o’rtasida  taqsimlanish 

jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar  tushumini jadallashtirishning 

zarurligi; 

 



budjet  ajratmalarining  hajmlari  bilan  haqiqatda  amalga  oshirilgan 

to’lovlar  summalari  ko’rsatkichlarining  tarqoqligi  tufayli  mablag’larning 

tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi; 

 



budjet  tashkilotlarining  hisobraqamlarida  ishlatilmayotgan  budjet 

mablag’larining turib qolishi; 

 

budjet 



mablag’larining 

ajratilishi 

bilan 

ularning 



so’nggi 

iste’molchilarga etib borishigacha bo’lgan vaqtning uzoqligi; 

 

davlat mablag’lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib 



borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy 

monitoringning zarurligi va boshqalar. 

Sanab o’tilgan muammolar kecha yoki bugun yuzaga chiqmadi, ular yillar 

davomida  yig’ilib,  tezkor  sur’atlar  bilan  rivojlanib  borayotgan  jamiyat 

taraqqiyotiga  halaqit  bera  boshladi.  Byudjet  ijrosi  ustidan  nazoratning  sustligi, 

mablag’larni operativ boshqarish imkoniyatining  kamayib  borayotganligi, budjet 

ijrosi to’g’risidagi tezkor va aniq ma’lumotlarni olish, jamlash, qayta ishlash va 

tegishli  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishdagi  qiyinchiliklar  davlat  moliyasini 

boshqarish  tizimida  islohotlar  qilishni,  budjet  mablag’larini  boshqarishning 

samarali  usul  va  vositalarini  izlab  topib,  tadbiq  etishni  talab  etdi  va  davlat 

budjetining  kassaviy  ijrosidan  g’azna  ijrosiga  o’tishning 


Yüklə 329,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə