2. Byudjet daromadlarining g‘azna ijrosini tashkil qilish. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlar g‘azna ijrosi. G‘aznachilikda davlat xaridini tashkil etish. O‘zbekistonda g‘aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari


Davlat  budjetining  g’azna  ijrosi



Yüklə 329,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix19.02.2022
ölçüsü329,28 Kb.
#83931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5188308690997876578[1]

Davlat  budjetining  g’azna  ijrosi 

-  davlat  budjeti  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, budjet tashkilotlarining 

budjetdan  tashqari  mablag’lar  bo’yicha  tushumlarini  yagona  g’azna 

hisobraqamga  jamlash  va  ularning  barcha  xarajatlarini  shu  hisobraqamdan 

amalga  oshirishni  nazarda  tutadi. 

Bu  esa  davlat  budjeti,  budjetdan  tashqari 

fondlar,  budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  mablag’lari,  davlat  qarzlari 

va  ularga  xizmat  ko’rsatish  jarayonlarining  tezkor  nazoratini  va  monitoringini 

olib  borish,  davlat  mablag’larining  samarali  ishlatilishini  ta’minlash,  davlat 

moliyaviy  resurslarining  harakati  to’g’risida  operativ  tarzda  ma’lumotlarni 

jamlash imkonini beradi. 

Davlat budjeti g’azna ijrosining 



asosiy tamoyillari 

- kassaning yagonaligi 

hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. 

Davlat budjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus 

vakolatli  moliya  organi  hamda  uning 

Qorag’alpog’iston  Respublikasi, 

viloyatlar,  tumanlar,  shaharlardagi  hududiy  bo’linmalari  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini 

ta’minlash,  moliyaviy  resurslarni  safarbar  qilishda  ma’lum  samaraga  erishish, 

yagona  tizim  asosida  moliyaviy  resurslarni  taqsimlash  va  ishlatish  va  nihoyat 

iqtisodiy  barqarorlashtirish  va  jamiyat  rivoji  uchun  sharoit  yaratish  borasida 

davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir. 

Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli 

organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. 

G’aznachilik 



budjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga 



qabul  qiladi  va  budjet  tashkilotlariga  etkazib  berilgan  tovar  mahsulotlar, 

bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan 

va  ularning  topshirig’iga  binoan  vakolatni  o’z  zimmasiga  oladi  va  budjet 

mablag’larining  maqsadli  ishlatilishini  ta’minlash  va  nazorat  qilish  asosida 

to’lovlarni amalga oshiradi

16

Davlat  budjeti  g’azna  ijrosi  deganda  davlat  budjeti,  davlat  maqsadli 




jamg’armalari  va  boshqa  budjetdan  tashqari  fondlarning  mablag’lari 

to’planadigan  va  ushbu  mablag’lar  doirasida  aniq  belgilangan  yo’nalishlar 

bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqami orqali davlat 

budjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va samarali 

boshqarishni tashkil etish tushuniladi. 

 

 




Yüklə 329,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə