2. Davlatning metall fondi va metallni aylanma harakati. Xalq xo‘jaligida


Xalq xo‘jaligida temir-tersaklarni ishlatish effektivligi



Yüklə 417,32 Kb.
səhifə4/5
tarix26.10.2023
ölçüsü417,32 Kb.
#131786
1   2   3   4   5
Metallarresiklingi2-bob

Xalq xo‘jaligida temir-tersaklarni ishlatish effektivligi
Ma’lum kimyoviy tarkibli va sifatli po‘latli temir-tersaklarni ham, xom ashyodan olingan cho‘yandan ham olish mumkin. Lekin 1 tonna cho‘yan olishdagi sarf xarajatlar 1 tonna temir-tersaklar olishiga nisbatan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun hamma temir-tersak va chiqindi resurs matohlarining aylanma xarakatga jalb qilinishi va ulardan ratsional foydalanish xalq xo‘jaligida katta mazmun kasb etadi.
Xalq xo‘jaligida temir-tersaklarni ishlatish effektivligi quyidagi metodika bo‘yicha hisoblanadi.
Hisoblash respublikamizda temir-tersaklarni qayta ishlanadigan ikki sinfi ustida amalga oshiriladi. Bunga po‘lat temir-tersaklari (po‘latli temir-tersaklar va chiqindilar) va cho‘yan temir-tersaklari (cho‘yanli temir-tersaklari va chiqindilar) kiradi.
Po‘lat temir-tersaklarini ishlatishdagi iqtisodiy effektivlik quyidagi formuladan hisoblanadi:
Ec.l =[(Sp.ch + En Kp.ch) ls.l - (Ss.l + En Ks.l)] Rs.l,
bu erda, Sp.ch - 1 tonna qayta ishlangan cho‘yanni tannarhi, so‘m.
Ss.l - 1 tonna po‘lat temir-tersagini qayta eritish uchun yig‘ishga va tayyorlashga ketgan sarf xarajat, so‘m;
Kp.ch - aloqador sohalarni hisobga olgan holda, 1 tonna qayta ishlangan cho‘yanni solishtirma kapital xarajatlari, so‘m;
Ks.l - 1 tonna po‘lat temir tersagini qayta ishlashga sarf bo‘lgan solishtirma kapital xarajatlar, so‘m;
ls.l - po‘lat temir tersagi va qayta ishlangan cho‘yanni metallurgik narhini, qiymatini ekvivalentlik koeffiseinti;
Rs.l - po‘lat temir-tersak resurslari, tonna;
En - normativ ekvivalent, 0,01 ga teng.
Hisob-kitoblarni soddalashtirishda hatolikka yo‘l qo‘yiladi:
ls.l = Ss.l / Sp.ch,
bu erda, Ss.l - 1 tonna po‘lat temir tersagini sotish narhi, so‘m;
Sp.ch - 1 tonna qayta ishlangan cho‘yanni narhi, so‘m;
Cho‘yan temir-tersaklarini ishlatishdagi iqtisodiy effektivlik quyidagi formuladan topiladi:
E = [Sl.ch × lch.l - (Sch.l + En Kch.l)] Rch.l,
bu erda, Sl.ch - 1 tonna quyilgan cho‘yanni narhi, so‘m,
lch.l - cho‘yan temir tersagi va quyish cho‘yanni metallurgik narhini qiymatini,
En - ekvivalentlik koeffisenti normativ koeffisenti 0,15 ga teng,
Kch.l - 1 tonna cho‘yan temir tersagini yig‘ishga va tayyorlashga ketgan sarf harajat,
Kch.l - tonna qayta ishlangan cho‘yan temir-tersagini solishtirma kapital xarajatlari, so‘m,
Rch.l - cho‘yan temir-tersak resurslari, t.
Hisob kitobni soddalashtirish uchun quyidagini qabul qilamiz:
lch.l = Sch.l/Sl.ch,
bu erda, Sch.l - 1 tonna cho‘yan temir-tersagini narhi, so‘m.
Sl.ch - 1 tonna quyilgan cho‘yanni narhi, so‘m.
Qora metall temir-tersak va chiqindilarini ishlatishdagi yillik iqtisodiy effektivligi po‘lat va cho‘yan temir-tersaklarini ishlatishdan olingan qiymatlari yig‘indisidan hisoblanadi.



Yüklə 417,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə