2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida teshish Tajribani bajarishdan maqsad



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix01.03.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#101695
  1   2   3   4
2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t



2 –Lobaratoriya ishi 
Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida teshish 
Tajribani bajarishdan maqsad:
Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida 
teshish jarayonini o’rganish 
 
2.1.Nazariy qism 
Qum-suyuqlik aralashmasi bilan to’siqlarni teshish, nasos kompressor 
quvurlari tizmasining pastki qismiga mahkamlangan qum-suyuqlik perforator-
apparatining nasadkasidan otilib chiqayotgan yuqori tezlikdagi suyuqlikqum 
oqimining abraziv va gidromonitor effekti tasirida ro’y beradi. Yuk mashinasi 
shassisiga o’rnatilgan yuqori bosimli nasos yordamida suyuqlikqum aralashmasi 
NKQ ga haydalib, yer yuzasiga xalqali tizimdan qaytib chiqariladi. Bunda bosimlar 
farqi 15-30 MPa ni tashkil qiladi. Hosil qilingan teshik o’lchami tog’ jinsi 
mustahkamligiga, ta’sir davomiyligiga va suyuqlikqum aralashmasining quvvatiga 
bog’liq bo’ladi. Stendda o’tkazilgan sinov natijasi 0,5 m ni tashkilqilgan. 
Perforasiya ishlari NKQ da tushirilgan suyuqlikqum apparati bilan amalga 
oshiriladi. AP-6M (2.1-rasm) apparati oltita yon teshklariga ega bo’ladi. 
2.1-rasm. Suyuqlikqum aralashma 
yordamida teshish uchun АП-6М 
apparati: 
1 - korpusi. 2 – snov klapani shari; 3 - 
nasadkalar; 4 - tiqin; 5 – klapan shari; 6 
- dumcha; 7 - markazlashtirgich
Unga bir vaqtda oltita perforasiya kanalchalarini hosil qiladigan oltita 
nasadka mahkamlanadi. Nasos agregati karoq suyuqlikqum haydaganda 
nasadkalarning ayrimlari tiqin bilan yopiladi. Nasadkalar suyuqlikqum 
aralashmasining yemirishiga chidamli bo’lishi uchun qatiq po’lat eritmalaridan 
diametric 3, 4, va 6 mm qilib tayyorlanadi. 


Diametri 3 mm li nasadkalar quduqda ushlanib qolgan quvurlarni kesishda 
qo’llaniladi. Diametri 4,5 mm li nasadkalar quduqda mustahkamlovchi quvurlarni 
teshishda qo’llaniladi. Diametri 6 mm li nasadkalar jarayon cheklangan bosimda 
amalga oshirilsa, quduqda kanallarning maksimal chuqurligini hosil qilish uchun 
qo’llaniladi. 
Qumsuyuqlik apparatini sekin aylantirish va ko’tarib tushirish orqali 
gorizontal va vertical ariqchali kanallar hosil qilish mumkin. Bunday holatda 
suyuqlikning teskari oqimi qarshiligi pasayadi kanalchalar 2,5 baravar chuquriroq 
hosil qilinadi. Suyuqlikqum yordamida teshuvchi apparatda yer yuzasidan 
kiritiladigan ikkita sharli kran ko’zda tutilgan bo’ladi. Pastki klapan diyametri 
yuqoridagi klapan sedlosidan kichkroq bo’lib, shuning uchun pastki klapan shari 
yuqoridagi klapan sedlosidan erkin o’tadi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə