2-Мa’ruza. Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish. Reja I. Tezkor xizmat ko‘rsatish. II. Ishni bajarish tartibi. III. Sinov savollari



Yüklə 173,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü173,72 Kb.
#137605
1   2
2-Мa’ruza. Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish

— O‘zgarmas tok
Eslatma: Ushbu jadvalda hamda bundan keyingi Qoida jumlalarida 3 
kV kuchlanishli elektr uskunalarini 6 kV kuchlanishli elektr
uskunalariga tenglashtiriladi, kuchlanishi 20 kV elektr uskunalarini
35 kV ga, 60 kV elektr uskunlarini esa 110 kV ga tenglashtiriladi.

Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunani to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi qismiga 1-jadvalda qayd
etilganidan kam masofaga yuk ko‘taruvchi va boshqa mashina-mexanizmlarning hamda
shaxslarning yaqinlashishi man etiladi.

Elektrostansiya va podstansiya elektr uskunalarini yakka o‘zi ko‘rib chiqishni elektr xavfsizligi
bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi, yoki V gruppaga ega
bo‘lgan ma’muriy-texnik xodim yoki korxona rahbariyati bajarishi mumkin.

Elektrotexnikaga aloqasi bo‘lmagan xodimlar elektrostansiya va podstansiya elektr uskunalarini
ko‘rib chiqishni va ekskursiyani korxona ma’muriyati ruxsati bo‘lgan, yakka o‘zi ko‘rib chiqish
huquqiga ega bo‘lgan IV gruppali xodim nazorati ostida o‘tkazishi mumkin.

Elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rib chiqish ushbu qoidaning 14.5.1 va 14.5.2 bandlariga binoan
amalga oshirilishi mumkin.



Ushbu
elektr
uskunalarida
xizmat
qilmaydigan
xodimi
elektr
uskunaga navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi yoxud, yakka o‘zi
ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodim hamrohligida ijozat berib
kirgizish mumkin.

Nazoratchi xodim elektr uskunada ishlashga ruxsat etilgan ishchi
xavfsizligini to‘la ta’minlashi, hamda tok o‘tkazuvchi qismiga mutlaqo
yaqinlashmaslik haqida ogohlantirishi kerak.

1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarni ko‘rib
chiqish paytida tok o‘tkazuvchi qismlari 1-jadvalda ko‘rsatilgandan kam
masofaga
yaqinlashishga
qarshi
qo‘yiladigan
to‘siqlar
bilan
jihozlanmagan xona va xonalarga kirish man etiladi.

1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunni ko‘rib chiqishda
shchit, elektr uskuna, o‘lchov asbobi joylashgan shkaf, boshqaruv pulti
va boshqa uskunalar eshigini ochishga ruxsat etiladi.



Elektr uskunani ko‘rib chiqish jarayonida biror-bir ishni bajarish man
qilinadi.

6-35 kV kuchlanishli elektr uskunada erga tutashish sodir bo‘lsa,
xodimlarni yopiq taqsimlovchi elektr uskunada
4-metr
dan ochiq
taqsimlovchi elektr uskuna va uzatish tarmog‘ida
8-metr
dan kam
masofaga yaqinlashishga faqat tarmoqni tezda o‘chirish, iste’molchini
boshqa tarmoqdan ulash, hamda kuchlanish ta’siriga tushib qolgan
shaxsni qutqarish uchun ruxsat etiladi. Bunday hollarda, elektr uskunada
ishlatiladigan himoya vositalaridan foydalanish kerak.

Kuchlanishi 1000 V dan yuqori qo‘l privodan ajratgich (raz’edini-tel),
uzgich (otdelitel) va o‘chirgich (vыklyuchatel) uskunalarini o‘chirish va
yoqishda dielektrikdan qo‘lqopdan foydalanish kerak.



Saqlagich qo‘yish va olishda ushbu tarmoqdan kuchlanishni olish shart.

Kuchlanishni olib tashlovchi kommutatsion apparatlar o‘rnatilmagan elektr
qo‘shilmada, saqlagichni kuchlanish ostida olish va qo‘yish, shu tarmoqqa
ulangan iste’molchi o‘chirilgan taqdirda ruxsat etiladi.

Ikkilamchi zanjir va yoritish tarmoqlarida, kuchlanish transformatorida
saqlagichni quvvatni olmasdan va kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat
etiladi.

Kuchlanish ostida saqlagichni almashtirish kerak bo‘lib qolsa, quyidagi
himoya vositasidan foydalanish zarur:

- 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunada dielektrik qo‘lqop
va himoya ko‘zoynagini qo‘llagan holda ombir (shtanga) dan;

- 1000 V
kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada izolyasiyalangan ombir
yoki dielektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagidan foydalaniladi;



Kommutatsion apparatlar bilan jihozlanmagan 1000 V kuchlanishgacha
bo‘lgan shchit va yig‘ilmalarda o‘rnatilgan saqlagichlar (predoxranitellar)
ustma-ust, fazalar vertikal joylashgan bo‘lsa, saqlagichni olish va qo‘yish
iste’molchidan quvvatni olmasdan turib, kuchlanish ostida almashtirishga
ruxsat etiladi. Bunday paytda ko‘zni himoya qilish vositasi o‘rniga yuzni
(betni) himoya qilish vositasidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Ish olib borilayotgan elektr uskuna xonasidan tashqari, xonada qolgan
barcha xona, xona, shchit va yig‘ilmalarning eshiklari qulflangan bo‘lishi
kerak.

1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskuna (yopiq komplekt,
ochiq taqsimlovchi elektr uskunaning xona va xonalari), hamda 1000 V
kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskuna tashqarisida joylashgan 1000 V
kuchlanishgacha bo‘lgan shchit va elektr uskuna shchit va yig‘ilmalarning
kalitlari navbatchi hisobida bo‘lishi shart. Navbatchi bo‘lmagan elektr
uskunalarida kalitlar ma’muriy-texnik xizmatchi hisobida bo‘lishi mumkin.



Har bir kalit nomerlangan bo‘lishi darkor. Kalitlarning bir komplekti
zaxirada saqlanishi shart. Kalitlar tilxat bilan quyidagi xodimlarga berilishi
kerak:

- yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga-barcha
xonalarning kalitlari;

- tezkor-ta’mirlovchi xodimlar ichidan ajratilgan ishlashga ijozat beruvchi
shaxsga, ish rahbari va ishboshiga, nazorat qiluvchiga-faqat ish olib borilishi
uchun ajratilgan xona kaliti beriladi;

Har kuni ish tugagandan so‘ng va elektr uskuna ko‘rib chiqilgandan keyin
kalitlar albatta qaytarib topshirilishi kerak. Navbatchi bo‘lmagan elektr
uskunada ish olib borilganda ushbu elektr uskuna joylashgan xona kaliti,
ko‘rib chiqilgandan yoki ish to‘liq tugallanganidan so‘ng, uzog‘i bilan
keyingi ish kunidan kechiktirmasdan topshirilishi zarur.



Elektr uskuna joylashgan xona kalitini uzoq muddatga berish
elektr tarmog‘i korxonasining taqsimlovchi elektr uskunalarida
tezkor o‘chirish-yoqish huquqiga ega bo‘lgan iste’molchi xodimiga
hamda yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan navbatchiga,
tezkor-ta’mirlash va ma’muriy-texnik xodimlarga berish zaruratini
korxona bosh muhandisi belgilaydi.

Kalitni olish va qaytarish jarayoni istalgan shakldagi ish jurnali
yoki tezkor-dispetcherlik jurnallarida qayd qilinishi kerak.

Elektr tokiga tushib, jarohatlanganni qutqarish uchun elektr
uskunadan kuchlanishni olish ruxsatsiz bajarilishi mumkin.

Yüklə 173,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə