2-Mavzu: Ijtimoyilashuv tushunchasi jarayoni, vositalari Reja: Ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni vositalari. Ijtimoiylashuv jarayoni



Yüklə 24,32 Kb.
səhifə1/3
tarix14.05.2023
ölçüsü24,32 Kb.
#110280
  1   2   3
2-Mavzu Ijtimoyilashuv tushunchasi jarayoni, vositalari Reja I


2-Mavzu: Ijtimoyilashuv tushunchasi jarayoni, vositalari


Reja:
1.Ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni vositalari.
2.Ijtimoiylashuv jarayoni
3.Ijtimoiylashuv vositalari
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqida ko‘p bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga ko‘nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni ham o‘zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o‘z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi.

Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagoglar, “agent”lar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida ma’lumki bola avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘lga kiritadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo‘ladi.


Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish, unda ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq ikki yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv va individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni tashkil etadi. Inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi sub’ekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z-o‘zini egallashidir. Bu ehtiyoj:
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish;
b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish;
v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1.Faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish.

Yüklə 24,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə