2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix09.02.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#83615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2.1-MAVZU BO`YICHA TAYANCH KONSPEKT

Mehnat qurollari

 

deb, 

inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga 

ta’sir  qiladigan  vositalarga  aytiladi  (mashinalar,  stanoklar,  traktorlar,  qurilmalar, 

uskunalar va boshqalar). 

Mehnat predmetlari

 esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, 

ya’ni  mahsulot  tayyorlanadigan  narsalardir  (yer,  suv,  xom  ashyo  va  boshqa  turli 

materiallar).  

Kapital deganda o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat 

ko’rsatishning  hamma  sohalarida  ishlatiladigan  ishlab  chiqarish  vositalarini, 

sotishga  tayyor  turgan  tovarlarni,  yangi  vositalar  va  ishchi  kuchini  sotib  olishga 

mo’ljallangan pul mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini 

tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega 

bo’lgan,  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko’rsatish  jarayonida  foydalaniladigan 

vositalardir. 

Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda 

tuproq unumdorligi, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar, umuman 

tabiiy resurslar tushuniladi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  katta  e’tibor  beriladigan  omillardan  biri 

tadbirkorlik  qobiliyatidir.  Tadbirkor  deb  iqtisodiy  resurslar,  ya’ni  ishlab  chiqarish 

vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo’shilishini 

ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa 

xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa 

tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va 

uning  vositalarini,  ekologiyani  ham  alohida  omil  deb  ko’rsatadilar.  Bizning 

fikrimizcha, ular yer va kapitalda o’z ifodasini topadi.  





Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə