2-mavzu: O‘zbekistonda demokratik



Yüklə 22,23 Kb.
tarix23.02.2023
ölçüsü22,23 Kb.
#101382
ikkinchi seminar (1)


2-mavzu: Ozbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati.

1. O‘zbekistonda demokratik mustaqil fuqarolik jamiyatining qaror topishi


2. Jamiyatni erkinlashtirishning yangi bosqichi
3. Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko’ppartiyaviylik
4. Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish
Tayanch so‘zlar: demokratiya, fuqaro, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, nomarkazlashtirish, davlat, o‘zini o‘zi boshqarish, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, harakatlar, huquqiy davlat, davlat hokimiyati, institutlar, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, huquq.
Nazarot savollar:
1. Oʼzbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi
2. Oʼzbekiston ommaviy axborot vositalari mustaqillik yillarida
3. Oʼzbekistonda elektron axborot vositalari tizimining rivojlanishi
4.Oʼzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar
5. Oʼzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki
6. Mustaqil Oʼzbekistonda ijtimoiy-sherikchilik
7. Mustaqil Oʼzbekistonda oʼz-oʼzini boshqaruv organlarining faoliyati
8. Mustaqil Oʼzbekistonda oʼz-oʼzini boshqaruv organlari tizimidagi islohotlar
9. Mustaqil Oʼzbekistonda oʼz-oʼzini boshqaruv organlarining jamiyatni demokratlashtirishdagi oʼrni
10. Oʼzbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi
11.Mustaqil Oʼzbekistonda inson haq-huquqlarini taʼminlash va himoya qilish
12.Oʼzbekistonda mahalliy vakolatlik organlarining shakllanishi va ulardagi oʼzgarishlar
13. Mustaqil Oʼzbekistonda huquq-tartibot organlari tizimidagi oʼzgarishlar


Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar:

  1. Abduazimov O. Fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari. –T.: Akademiya, 2008.

  2. G‘ulomov M. Mahalla – fuqarolik jamiyatining asosi. –T. Adolat, 2003.

  3. Jalilov Sh. Fuqarolik jamiyatining poydevori. – T.: O‘zbekiston, 2003.

  4. Islomov Z.M. O‘zbekiston modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari. – T.: O‘zbekiston, 2005.

  5. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi.- T.: O‘zbekiston, 2010.

  6. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T.: Yangi asr avlodi, 2006 i dr.

  7. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siysiy madaniyatlar. T.: Sharq. 1998.

  8. Mavlonov J.Yo. Grajdanskoe obщestvo: ot konsepta k konsepsiyam i paradigmam (sotsialno-filosofskiy analiz). Monografiya. T.: Istiqlol nuri. 2014.

  9. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb muammolari: O‘quv qo‘llanma / T. Do‘stjonov, M. Mirhamidov, S. Hasanov. – T.: Iqtisod – Moliya, 2006 i dr.

10.Sharifxo‘jaev M. O‘zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. –T.: Sharq, 2003.
O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish doktrinasi mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini ta’minlash, ijtimoiy adolat va qonuniylikni qaror toptirishga (14-modda) xizmat qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham kiradi.
Shaxs bilan davlat o‘rtasidagi bog‘liqlik, munosabatlar fuqarolarning umumiy yoki konstitutsiyaviy holati; maxsus yoki mavqei bilan bog‘liq holati; lavozimi bilan bog‘liq holati; tasodifiy vaziyatlarda ishlovchi shaxslar holati kabi huquqiy holatlari orqali qaror topadi. Ayrim tadqiqotchilar ular qatoriga shaxsning davlatga mansubligi, ya’ni shu davlatning fuqarosi bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ham kiritadi. Albatta, shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekani huquqiy holat uchun muhimdir. Ammo milliy huquqni shakllantirishda xalqaro me’yorlarga tayanish huquqiy taraqqiyotning yetakchi an’anasi bo‘layotgan ekan, u yuqoridagi huquqiy holatlarga ta’sir etmay qolmaydi. U, avvalo, shaxs huquqiy holatining kengayishida aks etadi. Bunga huquqiy davlatning yo‘l yomonligi sababli haydovchilar oldidagi yoki sanitariya-epidemiologiya xizmatining talab darajasida emasligi sababli zarar ko‘rgan fuqarolar oldidagi javobgarligi haqida qonunlar qabul qilinishi misol bo‘lishi mumkin. Hatto ilmiy adabiyotlarda davlatning fuqaro oldida javobgarligi haqida maxsus qonun qabul qilish zarurligi ta’kidlanmoqda. Demak, shaxsning huquqiy holati, erkinliklari, davlat bilan munosabatlari huquqiy davlatda kengayadi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning shaxs erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati oshishidan dalolat beradi.
Shaxs huquqiy holatining, erkinliklarining kengayishi davlat funksiyalarining qisqarishi hisobiga sodir bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish aslo davlatni zaiflashtirish yoki uni o‘z funksiyalarini bajarishdan chetlashtirish hisobiga amalga oshirilmasligi kerak. Aksincha, davlat hokimiyat organlarini qonuniylik va huquqiy tartibni jamoatchilik obro‘siga tayangan holda har tomonlama mustahkamlashi zarur.
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati shaklidir va davlat huquqiy bo‘lnshi uchun kuchli, hayot kechirib keta oladigan, erksevar, har qanday antidemokratik avtoritar tajivuzlarga qarshilik ko‘rsata oladigan jamiyat bo‘lish« kerak. Buning o‘chun esa avvalo Davlat hokimiyatini demokratiya, o‘znni o‘zi boshqarish va xalqning to‘la Hokimligi prinsiplari asosida qayta tashkil etish zarur. Huquqiy davlatga borish yo‘lida, avvalo jamiyatga ma’muriy buyruqbozlik bilan rahbarlik qilishni, byurokratizmni, saylab qo‘yiladigan organlar ustidan ijro etuvchi organlar hukmronligini, shaxsning, jamoalarning siyoeiy jihatdan o‘z-o‘zini ifodalash shakllarining rivojlanmaganligani yengib o‘tish, odamlarning davlatga bo‘lgan munosabatlarini (unga doimo zo‘ravonlik, majburlash apparati deb qarab kelingan edi) qayta ko‘rib chiqish zarur.
Jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati huquqiy davlatning muhim omili.va shartidir. Ammo tuban siyosiy-huquqiy savodlilik va chalasavodlilik, hatto savodsizliq, rasmiy nuqtai nazarga qarab ish ko‘rish, rasmiy so‘z bilan haqiqiy ahvol o‘rtasidagi farqqa odatlanish xos bo‘lgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan davlat huquqiy ongi va huquqiy madaniyatidan farq qilib, huquqiy davlat madaniyati va Huquqiy ongi uchun: yuqori siyosiy va huquqiy savodxonlik hamda faollik zo‘ravonlik va huquq buzilishlariga qarshi tura olish qobiliyati va bunga tayyorlik xos bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati - bu shunday jamiyatki, unda kishilar o‘zaro bog‘liqdirlar hamda bir-birlari va davlat bilan mustaqil ravishda munosabatda bo‘ladilar. Bunday jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotni ta’minlash, uni rivojlantirib, avloddan-avlodga yetkazish davlat bilan jamoat birlashmalarining, shaxs bilan jamoaning munosabatlarini ma’lum darajada mustaqil ravishda olib borish orqali amalga oshiriladi. Bunday jamiyatda shaxs ijtimoiy munosabatlarda o‘zining shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.
Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, olamshumul va tarixiy o‘zgarishlarni tahlil etar ekanmiz, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini naqadar to‘g‘ri tanlaganligiga yana bir bora ishonch hosil qilamiz. Islohotlar izchil, tizimli va bosqichma-bosqich olib borilayotganligi, har bir o‘zgarish aniq maqsadni ko‘zlagan holda, mukammal ishlangan konsepsiya va dasturlar asosida amalga oshirilayotganligi o‘z samara va natijalarini bermoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning sud-huquq tizimi tubdan yangilandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Ushbu asosiy maqsaddan kelib chiqib, sud-huquq tizimidagi islohotlar insonlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklarini himoya qilinishini ta’minlashga va kafolatlashga xizmat qiladi. Bu Konstitutsiyamizning 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi” mustahkamlangan.
Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanishi” belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi, 107-moddasida odil sudlovni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi belgilangan. Bu konstitutsiyaviy asoslar insonlarning sud idoralariga bo‘lgan ishonchini orttirib, o‘z navbatida, sudya va sud xodimlarida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, ularga mas’uliyat bilan yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari va sudyalarning qonun normalariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan qarorlarning adolat me’yorlariga nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir.
Jahon tajribasini hisobga olgan holda ilk bor mamlakatimizda Konstitutsiyaviy sud ta’sis etildi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida xo‘jalik munosabatlarida qonunchilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynayotgan xo‘jalik sudlari tizimi yaratildi. Sudlarning ixtisoslashuvi, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning tashkil etilishi bilan fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishning huquqiy doirasi yanada kengayganligi bu yo‘nalishdagi o‘zgarishlarning asosiy omillaridan biri bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, 2000 yilda yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘ldi. Sud ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rib chiqish institutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi hamda ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilandi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng sudlar yildan-yilga hokimiyatning to‘laqonli mustaqil tarmog‘i sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Sudlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish hamda ularning faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Sudlarning jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi ayniqsa, mamlakat hayotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy nizolarni chuqurroq o‘rganib, ularni maqbul muddatlarda adolatli qarorlar qabul qilish yo‘li bilan hal etish imkoniyatini tug‘dirdi.
Yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun sud-huquq tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘lib, jamiyatni harakatga keltiruvchi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning muqarrarligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirish, huquqiy himoya qilish ishlarini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish uchun qonuniy asos yaratdi.
Ushbu Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi halqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish belgilangan. Sudlarning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
Sud-huquq tizimini liberallashtirish, uning amalda mustaqilligiga erishish hamda bu sohada qonun ustuvorligini ta’minlashda o‘z kasbini vijdonan qadrlay oladigan, har tomonlama yetuk professional sudya kadrlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunga asosan sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning ham samarali demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi.
2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4850-sonli farmoni bilan sud-huquq sohasidagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish. Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, kasb obro’-e’tiborini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yuritadigan sud korpusini tashkil qilish maqsadida birinchi marta sudyalarning vakolat muddatlari qayta ko’rib chiqildi. Xususan, sudyalarni dastlabki besh yillik va navbatdagi o’n yillik muddatlarga tayinlash (saylash), kelgusida esa lavozimni muddatsiz davr mobaynida egallash nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi.
Shu bilan birga, farmon orqali 2017 yil 1 apreldan jinoiy, jinoiy-prosessual, fuqarolik prosessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sudda ishlarning adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi va jazoning insonparvarligi kafolatlarini kuchaytirish hisobga olingan holda odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar qonuniyligini va samarali realizasiya qilinishini ta’minlashda davlat organlari yuridik xizmatlari rolini oshirish maqsadida, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Yüklə 22,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə