2-mavzu. Raqamli o'lchash vositalarini qiyoslashning o'ziga xos xususiyatlari


Davlat metrologiya nazorati va tekshiruvi



Yüklə 298,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix11.10.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#127042
1   2   3   4   5   6
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 2

Davlat metrologiya nazorati va tekshiruvi 
O’lchash vositalarini qiyoslash -davlat metrologiya xizmati (yoki boshqa 
rasmiy vakolatlangan organ, tashkilot) tomonidan o’lchash vositalarining 
foydalanishga 
yaroqliligini 
eksperimental 
aniqlanadigan 
metrologik 
xarakteristikalar asosida belgilash va ularning majburiy talablarga muvofiqligini 
tasdiqlashdir. 
O’lchash vositalarini qiyoslasho’lchash vositalari ustidan metrologik nazorat 
va tekshiruv qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Qiyoslashni olib borish va tashkil etishning asosiy talablari metrologiya 
qoidalarida va tavsiyalarida ko’rsatilgan. Qiyoslash uni olib borish huquqiga ega 
bo’lgan metrologik xizmatlar tomonidan bajariladi. Yaroqli deb topilgan o’lchash 
vositasiga qiyoslash guvohnomasi beriladi va qiyoslash tamg’asi qo’yiladi. 
Darajalash -shkalaga ishchi etalon ko’rsatishlariga mos ravishda belgilarni 
qo’yish yoki uni ko’rsatishi bo’yicha kattalikni aniqlangan qiymatini ishchi o’lchash 
vositasi shkalasidagi belgilarga mos ko’rsatkichi bo’yicha aniqlanadi. 
Davlatmetrologiya nazorati -davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan 
o’lchash vositalarini (ishchi etalonlar ham kiradi) ishlab chiqarish, ularning holati 
va qo’llanilishi ustidan, attestatsiya qilingan o’lchash metodikalari, metrologik 
qoidalar va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. 
Davlat metrologiya tekshiruvi - davlat metrologiya xizmati tomonidan 
o’lchash vositalari turini tayyorlash, o’lchash vositalarini (ishchi etalonlar ham 
kiradi) qiyoslash bo’yicha, huquqiy va jismoniy shaxslarning faoliyatini 
litsenziyalash, o’lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish va ijaraga berish 
bo’yicha amalga oshiriladigan faoliyatidir. 


Amaldagi qonunchilikka binoan davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan 
o’tishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari ishlab chiqarishdan chiqqanida yoki 
ta’mirdan keyin, import qilinganida va ishlatish jarayonida qiyoslanishi kerak. 
Qiyoslanishi lozim bo’lgan o’lchash vositalari guruhlari ro’yxatini «O’zstandart» 
agentligi O‘z DSt 8.003:2005 ga muvofiq tasdiqlaydi. Qiyoslash sinov natijalari 
bo’yicha tasdiqlanadigan me’yoriy hujjatlarga muvofiq o’tkaziladi. 

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə