2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja


Sezgi haqida umumiy tushuncha



Yüklə 260,78 Kb.
səhifə15/35
tarix28.11.2023
ölçüsü260,78 Kb.
#134329
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja-fayllar.org (1)

Sezgi haqida umumiy tushuncha.
Sezgi deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytamiz. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o‘z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo pridmetlari va voqealarini bilish imkoniyatlaridan maxrum bo‘lgan bo‘lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo‘ladi.
Sezgi eng oddiy, birok shu bilan birga, juda muhim psixik jarayondir. Bu barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi. Sezish – oddiy psixik jarayon bo‘lib, moddiy qo‘zg‘atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etishi yo‘li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning alohida xususiyatlarini va va shuning bilan birga, organizm ichki holatining aks ettirilishidan iboratdir. «Sezgi – materiyaning sezgi organlarimizga ta’sir etishi natijasidir». Sezgilar o‘z mohiyati jihatidan bir muncha soda psixik jarayon bulishiga qaramay barcha bilimlarimizning asosi va manbayi hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalarni aks ettirishning ko‘pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo‘lmagan tevarak-atrofni narsa va hodisalarni aks ettirishdan ularni bilishdan mahrum bo‘lgan bo‘lardik. Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan har bir narsa qo‘zg‘ovchi deb ataladi. Uning ta’siri esa qo‘zg‘alish deb yuritiladi.
Sezgi jarayoni quyidagicha ro‘y beradi. 1) narsa yoki hodisalar sezgi organlariga (retseptorga) ta’sir etib, tegishli sezuvchi nervning cheka pereferik uchlarini qo‘zg‘aydi.
2) shu yerda kelib chiqqan qo‘zg‘alish o‘sha nervning o‘tkazuvchi yo‘li orqali bosh miya po‘stining tegishli markaziy hujayralar sistemasiga o‘tadi.
3) bu yerda nerv qo‘zg‘alishi psixik hodisaga, ya’ni sezgiga aylanadi.
Har bir sezgi odatda xush yoki noxush tuyg‘ular bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu sezgining hissiy yoki emotsional toni deb ataladi. Masalan shirin narsa kishiga huzur beradi, taxir bemaza narsa kishini behuzur qiladi. Sezgi moddiy dunyoni bilishning birinchi bosqichidir. Sezgilar to‘g‘risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o‘zi esa tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, sezgilar modsiy (obyektiv) borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko‘rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo‘lsa ular xuddi shundayligicha hech o‘zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.

Yüklə 260,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə