2-qism. Elektrodinamika. Optika va atom fizikasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/115
tarix26.09.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#123891
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
2-qism. Moskovkina (Fonsiz)

46.9.
 
Tok manbaining EYK 2 V ichki qarshiligi 1 Om. Zanjirga ulangan tashqi 
qarshilikning qanday qiymatida 1 min da 10 C zaryad o’tadi? 
46.10.
 
EYK si 120 V , ichki qarshiligi 5 Om bo’lgan tok manbai qurblariga ulanagan 
voltmetr 118 V ni ko’rsatdi. Voltmetrning ichki qarshiligi qanday. 
46.11.
 
Tok manbai qutblaridagi kuchlanish tashqi qarshilik 1 Om bo’lganda 2V ga, tashqi 
qarshilik 2 Om bo’lganda 2,4 V ga teng bo’ldi. Manbaning ichki qarshiligini 
aniqlang.
46.12.
 
Tok manbaiga ulangan tashqi qarshilikning 2 Om qiymatida zanjirdagi tok kuchi 
0,6 A, 9 Om qiymatida 0,2 A ga teng bo’ldi. Tok manbaining EYK si va ichki 
qarshiligini aniqlang.
46.13.
 
Tok manbaiga ulangan reostat surgichining bir vaziyatida zanjirdagi tok kuchi 1,2 
A, manba klemalaridagi kuchlanish 1,2 V, surgichning boshqa bir vaziyatida esa 
tok kuchi 2 A, klemalaridagi 0,8 V ga teng bo’ldi. Tok manbaining EYK si va ichki 
qarshiligini aniqlang.


Husniddin Qoraboyev
31 
46.14.
 
EYK si 12 V, ichki qarshiligi 1 Om bo’lgan tok manbaiga diametri 0,5 mm 
bo’lgan nikel o’tkazgich ulanganda undan 0,8 A tok o’tdi. Nikelning solishtirma 
qarshiligi 4,2 ∙ 10
-7
Om ∙m bo’lsa, o’tkazgich uzunligini aniqlang.
46.15.
 
EYK i 6 V bo’lgan tok manbaiga qarshiligi hisobga olmas darajada kichik bo’lgan 
o’tkazgich ulanganda tok kuchi 300 A ga teng bo’ldi. Bu tok manbaiga 0,04 Om 
qarshilik ulanganda manba qutblaridagi kuchlanish qanday bo’ladi. 
46.16.
 
Manba klemalariga 3,5 Om qarshilik ulanganda zanjirdagi tok 0,5 A ga teng bo’ldi. 
Agar manba klemalari qisqa tutashtirilsa, 4 A tok o’tadi. Tok manbaining EYK si 
va ichki qarshiligini aniqlang.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə