2-seminar. Zamonaviy ta’lim shakllari: masofali o’qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar(2 soat) Reja



Yüklə 21,37 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü21,37 Kb.
#157180
1   2   3   4   5   6
2-seminar. Zamonaviy ta’lim shakllari masofali o’qitish, mahora-fayllar.org

O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi 
o‘quvchilarga o‘quv muammosini
taklif etish;
o‘quvchilar
bilan
hamkorlikda
tadqiqot masalasini o‘rnatish;
o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini
tashkil etish
o‘quv muammolari mohiyatini anglab olish;
tadqiqot muammosini o‘qituvchi va
o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rnatishda
faollik ko‘rsatish;
ularni yechish usullarini topish;
tadqiqiy masalalarni yechish usullarini
o‘zlashtirish
Evristik metodi o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi
bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar.
Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda
ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish
amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra bir muncha murakkab hisoblanadi.
Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga
yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu
yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib
bormoqda. Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng
tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek buyuk
didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
Xorijiy ta’limda tyutor, edvayzer, fasilitator va moderatorlik faoliyati
Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga
tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi.
TYUTOR - ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi
hollarda ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham



bajaradi. Bunda ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda


maslahatchi va ustoz rolini bajaradi.
EDVAYZER (advisor)-fransuzcha “avisen”“o‘ylamoq”) tinglovchilarning
individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyixalarini bajarishda maslahatchi rolini
bajaradi.
FASILITATOR - (ingliz tilida .facilitator, latinchafacilis–yengil, qulay)-
guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy yechimini
topishga yo‘naltirish, guruhdagi kommunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni
bajaradi.
MODERATOR -Qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi,
tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish
faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra
suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi.
Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog
yoki o‘qituvchi deb yuritiladi.

Yüklə 21,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə