2-sinf, 34-dars Mavzu: “Harakatli o‘yinlar”


Estafetali o‘yinlarni o‘rgatish



Yüklə 183,74 Kb.
səhifə2/6
tarix31.01.2022
ölçüsü183,74 Kb.
#83320
1   2   3   4   5   6
2 sinf harakatli oyinlar dars ishlan

Estafetali o‘yinlarni o‘rgatish. Estafeta qoidqsiga muvofiq mashqni birinchi bo‘lib yakunlagan guruhga 3 ochko, keying guruhlarga 2 va 1 ochkolari bilan rag‘batlantiriladi. Rag‘batlantirish jarayonida shartni bajarishda qo‘yilgan xatoliklarni ham inobatga inobatga olinishi shart.

1-shart. “Botqoqni kechib o‘t”.

Bunda har bir guruh uchun start chizig‘idan marragacha gimnastika halqalarini shaxmat doskasi ko‘rinishida qo‘yib chiqiladi. O‘qituvchining buyrug‘i bilan o‘quvchilar gimnastika halqalari ichlarida sakrab-sakrab borib qaytadilar. Sakrash jarayonida o‘quvchilar har bir gimnastiha halqasini (chap, o‘ng oyoqda) bosib o‘tishlari kerak. Shu boisdan halqalar bir-biriga yaqin holatda bo‘ladi. Halqalardan chiqib ketgan o‘quvchi jamoasiga jarima belgilanadi.



Shartli belgilar:




  • O‘quvchilar;





kigli (to‘ldirma

to‘plardan ham

foydalanish mumkin);




  • harakatlanish.



2-shart. “Chambarakni tez dumalat”.

Bu mashqni bajarishda har bir jamoada bittadan gimnastik halqasi bo‘lib, guruhdagi o‘quvchilar belgilangan joygacha dumalatib borib, qaytishlari kerak. Shu tarzda guruhdagi o‘quvchilar ketma-ketligida bajariladi. Qoidaga binoan “chambarak”ni yiqitib yubormaslik lozim.



3-shart. “Chigirtkalar”.

Bu shartda ham jamoalarda bittadan gimnastik halqalar bo‘lib, jamoadagi har bir o‘yin qatnashchisi navbat bilan halqani arg‘amchi singari belgilangan joygacha sakrab borib, sakrab qaytadilar. Shu tarzda jamoadagi o‘yinchilar ketma-ketlikda bu shartni bajaradilar.



4-shart. “Muvozanat saqlab yugur!”.

Usbu shartni bajarish uchun gimnastika o‘rindig‘ini o‘girib qo‘yiladi. Har bir jamoadagi o‘quvchilar gimnastika o‘rindig‘i ustidan ustidan yurib o‘tib, belgilangan joyni aylanib o‘tgach, yana orqaga shu mashqni bajarib qaytadilar. Gimnastika o‘rindig‘i ustida yurishda qo‘llarni yonga uzatishlari shart.



Shartli belgilar:

O‘quvchilar; - Gimnastika o‘rindig‘i

























5-shart. “Ilon yurish”.

Shartni bajarish uchun har bir guruh uchun uzunasiga qo‘yilgan 2 ta gimnastika mati kerak bo‘ladi. O‘quvchilar gimnastika to‘shagi ustida yotib oldinga qo‘l va oyoq bilan emaklashib borib, qaytishlari lozim.



Shartli belgilar:




  • O‘quvchilar; - Gimnastika to‘shagi




















Yüklə 183,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə