2-sinf I. Dars mavzusi: Kun tartibi va shaxsiy gigiyena. II. Darsning maqsadlari



Yüklə 10,27 Kb.
tarix25.03.2018
ölçüsü10,27 Kb.
#33358

2-SINF
I.Dars mavzusi: Kun tartibi va shaxsiy gigiyena.

II. Darsning maqsadlari:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga shaxsiy gigiyena va kun tartibi haqidagi ma’lumotlarni to’la yetkazish;

b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ozoda, saranjom, sarishta, intizomli va rejali qilib tarbiyalash;

c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, jismoniy barkamolligini kuchaytirish.

III. Asosiy tushuncha va atamalar: gigiyena, kun tartibi, uxlash, ovqatlanish, dars tayyorlash, rejalashtirish, impulslar va hokazo.

IV. Darsning metodlari: aqliy hujum, Blits-so’rov.

V. Dars usuli: noan’anaviy.

VI. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 2-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar.

VII. Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, sportga oid yangiliklar haqida suhbat.

2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy mashqlarning ahamiyati.

Takrorlash yuzasidan savollar:

1. Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega?

2. Kasal bo’lmaslik uchun nima qilish kerak?



IX. Yangi mavzu bayoni:

a) aqliy hujum: Bolajonlar, bir kun davomida nima ishlar qilishingizni va ularning har biriga qancha vaqt ketishini aytib bera olasizmi?



X. Darslik bilan ishlash: O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini eshitib bo’lganlaridan so’ng, o’zining kun tartibini misol qilib keltiradi va mavzuni ifodali qilib o’qib beradi.

Kun tartibi va shaxsiy gigiyena.1

Jimoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishda o’z kun tartibingizni tuzishingiz hamda kun tartibi va shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishingiz kerak.

Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi? Bu, avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zararli odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim-kechaklarni toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioya qilishdan iborat.

Kun tartibi nimani bildiradi? Har bir o’quvchi kun tartibida ko’plab xilma-xil unumli faoliyat bilan band bo’ladi: maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota- onasiga ko’maklashadi, o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’ynaydi, dars tayyorlaydi va hokazo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarni rejalashi, shu ishlarning har biri bilan qachon shug’ullanish kerakligini o’ziga belgilab olishi va uni o’z vaqtida to’la bajarishga odatlanishi lozim. Bu kun tartibidir.



Kun tartibiga amal qilishda jismoniy mshqlarning ahamiyati juda katta. Chunki, hatto eng kichik harakatdan so’ng ham miyaga juda ko’p muhim asab signallari ( impulslar) yetib boradi. Miya ularga javob berib nafas, qon aylanishi va boshqa a’zolarga o’zining maxsus buyruqlarini yo’naltiradi. Natijada nafas, qon aylanishi tezlashib, hamma a’zolar ko’proq kislorod oladi va faoliyat yaxshilanadi. Inson o’zini tetik, bardam, sog’lom his qiladi, ish qobiliyati oshadi.


1 Mahkamjonov K, Xo’jayev F. Jismoniy tarbiya. 2 – sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma: - T.: “O’zbekiston. 2010. 9-12 betlar.

Yüklə 10,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə