Elektr tokidan nolga ulab muhofaza qilish
Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nolь
sim bilan ulab qo‘yish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.
Muhofazalovchi nol simi elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini
mustahkam yerga ulash bilan boshlanib uch faza bilan birlikda to‘rtinchi nolь
sim tariqasida butun tormoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji boricha ko‘proq
(ma‘lum masofalarda) yerga ulab boriladi.
Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi yerga ulab muhofaza qilishniki
bilan bir xil, ya‘ni elektr asbobi korpusiga oqib o‘tib ketgan kuchlanishni
zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash printsipini
korpusga o‘tib ketgan elektr tokini nolь simi bilan ulash hisobiga qisqa
to‘qnashish vujudga keltirish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok
kuchining ortib ketishiga erishiladi va buning natijasida elektr kurilmasini
muhofaza qilish uchun o‘rnatilgan saqlovchi eruvchi qurilmani yoki saqlovchi
avtomatni o‘chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini uzib
qo‘yiladi. Bunday vazifani bajaruvchi saqlovchi eruvchi qurilmalar yoki
avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma‘lum miqdorda
oshishiga mo‘ljallab o‘rnatib qo‘yiladi.
Лист
Dostları ilə paylaş: |