2. Xavfsizlikning tizimli tahlili Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari


Xavfsizlikni ta’minlashda inson analizatorlarining roli



Yüklə 99,09 Kb.
səhifə14/16
tarix24.06.2022
ölçüsü99,09 Kb.
#90069
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2. Xavfsizlikning tizimli tahlili Faoliyat xavfsizligini boshqar

9.Xavfsizlikni ta’minlashda inson analizatorlarining roli


Ishlab chiqarish jarayonlarni va ishlarni mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ko'pdan-ko'p qo'l mehnatini siqib chiqaradi, ammo sanoat va qishloq xo'jaligida shunday qator kasblar borki, bularda mehnat muskullar va alohida organlar (analizatolar)ning ortiqcha zo'riqishi bilan bog'liq bo'ladi. Ortiqcha zo'riqish kichik tezkor harakatlarni bajarish zarur bo’lgan uzoq bosimdan, bir xil holatdagi ma’lum pozada davomli ravishda bo’lishidan kelib chiqadi.
Evolyutsion va ijtimoiy rivojlanishning million yillik davri ichida insonda o'zi uchun xavflardan himoyalashning tabiiy tizimi yaratilib kelingan. Bu tizim takomillashishi bilan farq qiladi, ammo ma'lum miqdordagi chegaralarga egadir.
Mohiyati bo'yicha, HFX fani insonni xavflardan himoyalashga yo'naltirilgandir. Bir vaqtning o'zida shuni eslash kerakki,o'zi ham potensial xavflarni olib yuruvchi hisoblanadi.Hayot va mehnat faoliyati jarayonida inson o'zidan zaharli narsalar va nurlanuvchi issiqliklar ajratib turadi, bular uning noto'g'riharakati oqibatida, har xil turdagi ko'ngilsiz hodisalarning sababchisi bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, shuni eslash zarurki, shov-shuv sharoitida ko'pchilik halq ommasining xulqi, bitta odamning xulqidan farq qiladi va o'zining qonuniyatlariga egadir.
Xavfli holatlarni (ayniqsa ekstremal) tahlil qilgandl, guruhlarning psixologik qonuniyatlarini hisobga olish zarurdir.
Psixologik ilm odamning xulq-atvor reaksiyalarini tartibga solish va favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish bo'yicha ayrim ko'rsatmalarni beradi.
“Inson – muhit” tizimining xavfsiz holatini ta'minlash uchun inson tavsifi bilan muhit elementlari o'rtasidagi kelishishlik muhimdir.Bunday kelishish mavjud bo’lmaganda, quyidagi ko'ngilsiz oqibatlar sodir bo'lishi mumkin: inson ish qobiliyatining pasayishi, umumiy va kasbiy kasallanishlarning rivojlanishi; avariya, yong'in va portlashlarning bo’lishi; ishlab chiqarish jarohatlanishlarning sodir bo'lishi va boshqalar.
Inson o'zining analizatorlari yordamida atrof- muhit bilan bevosita aloqalarni amalga oshiradi, ba'zan bu analizatorlar insonning sezuvchi priborlari deb ham ataladi. Xavfsiz tizimlarni yaratishda odam analizatorlarining tavsifmi hisobga olish muhimdir.
Buyuk rus fiziologi I.P. Pavlovning analizator haqidagi ta’limoti sezgi organlari faoliyatini o’rganishda katta rol o’ynaydi. U funksional jihatidan bir-biri bilan bog’langan uch elementdan iborat yagona tizimni - analizatorlar deb atagan. Uch elementning biri analizatorning periferik qismi - retseptor bo’lsa, ikkinchisi -o’tkazuvchi qism va uchinchisi markaziy qism yoki bosh miya po’stlog’ining tegishli sohasidagi - sezuvchi nerv hujayralaridir. Analizatorlarning har bir qismi o’ziga xos funksiyani bajaradi.
Analizatorlarning periferik qismi yoki retseptorlari sezgi organlari deyiladi.
O’tkazuvchi qism retseptorlarda xosil bo’lgan qo’zg’alishni periferiyadan markaziy nerv tizimiga (miya po’stlog’ iga) o’tkazadi.
Analizatorlarning markaziy, ya’ni miya po’stlog’idagi qismi ularning oliy bo’limi bo’lib, unda qo’zg’alish tahlil va sintez qilinadi.
Retseptorlar asosan ikki xil bo’lib: tashqi va ichki retseptorlarga bo’linadi. Ichki retseptorlar organizmda sodir bo’lgan taassurotlarni, tashqi retseptorlar esa tashqi muhitdagi taassurotlarni sezadi. Tashqi retseptorlar yordamida atrofdagi muhit haqida tasavvur xosil bo’ladi.
Retseptorlar va miya po’stlog’ o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud bo’lib, analizatorlarning o’z-o’zini boshqarishini ta’minlab beradi. Odam analizatorlarining afzallik tomonlaridan biri ularning juftligidir. Ular signallarni takrorlash hisobiga ishning yuqori ishonchliligini ta’minlaydi.
Analizatorlarning asosiy tavsifi sezuvchanlikdir. Analizatorga ta’sir qiluvchi hamma qo’zg’atuvchi ham tuyg’u (his) xosil qilmaydi. Buning ro’yobga chiqishi uchun qo’zg’atuvchining jadalligi ayrim chegaralangan kattalikka ega bo’lmog’i kerak. Qo’zg’atuvchi jadalligining oshishi bilan shunday payt keladiki, bunda analizator o’zining bir xil ishlashini to’xtatadi. Jadalligi bo’yicha ayrim chegaraga ko’tariluvchi har qanday ta’sir ogriqni olib keladi va analizator faoliyatini buzadi. Bir xil sezishning minimaldan maksimalgacha bo’lgan oraliq qiymati analizatorning sezuvchanlik diapazonini aniqlaydi. Uning minimal qiymati sezuvchanlikning pastki mutlaq bo’sag’asi deb qabul qilingan. Maksimali esa-yuqori.
Sezuvchanlikning mutlaq bo’sag’alari qo’zg’atuvchining mutlaq kattaliklarida o’lchanadi. Ikkita qo’zg’atuvchi o’rtasidagi minimal farq sezishning zo'rg'a bilinadigan farqini chaqirib keltiradi u differensial bo'sag'a yoki farqlanishning bo'sag'asi deb ataladi.
Psixofizik tajribalar bilan aniqlanganki, sezishning kattaligivg qo'zg'atuvchining kuchiga qaraganda sekin o'zgaradi.Taxminiy qiymatga ega bo'lgan Veber-Fexerning asosiy psixofizik qonuni quyidagicha ifodalanadi:

Yüklə 99,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə