20-mavzu. Buxgalteriya hisobida raqamlashtirish texnologiyalari Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə3/11
tarix29.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#124951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Buxgalteriya hisobida raqamlashtirish texnologiyalari

Oddiy ma’lumotnomalar andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo’shimcha ma’lumotlar schyot bo’yicha xizmatlar. Murakkab ma’lumotnomalar o’z ichiga ma’lumotlarning kiritilganligining ikkita va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda joylashtirib bo’lmaydigan katta o’ajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Dastlabki axborot bazaga birlamchi hujjatlardan kiritiladi. Avtomatlashtirish uchun hisob bo’yicha andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi.
Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o’ynaydi:

  • foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;

  • korxona, tashkilot, firmaning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini integrallangan holda ishlab chiqarilishi ta’minlovchi maxalliy va ko’p boskichli tarmoqlarini shakllantirish;

  • har xil bo’linmalar uchun korxonaning yagona taksimlangan axborotlar bazasini yaratish;

  • hisoblash texnikasi bajaraadigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha ko’paytirish;

  • birlamchi buxgalteriya xujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta’minlaydi va hujjatlarni iyg’ish va ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar mexnat talabligi darajasini kamaytirish.

  • buxgalteriya vazifalari majmualarini echishni integrtsiyalash;

  • dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil qilish imkoniyati.

Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari personal kompyuterda bitta ish joyida va unig tuzilishiga ko’ra izchillik bilan bajariladi. Buxgalteriya tizimida ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar: “Bir.uz”-buxgalteriya,“1S:Buxgalteriya”, UzASBO, “Parus”, “Intellekt-Servis”, “Infosoft”, “Xakers-Dizayn” va boshqalar.
Ko’pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: maxalliy va tarmokli ishlab chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat, “Mijoz-server” yangi texnologiyasini amalga oshirishni, maxsus uskunlar va operatsion tizimlarni, hamda hisoblash tarmog’iga xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar shtatini mavjudligini talab qiladi.
Kichik-hisobxona amaliy dasturiy paket (ADP)lar kam sonli, hisobning aniq uchastkasi bo’yicha xodimlarni aniq aks ettirilgan hisobxonalar uchun mo’ljallangan “Buxgalteriya-Asosiy kitobg’Balans” umumiy nomi ostidagi kichik biznesga mo’ljallangan dasturlar asosan sintetik va murrakab bo’lmagan tahliliy hisobni olib borish vazifalarini bajaradi: Bu sinfga eng mashhur ADPlar “1S:Buxgalteriya”, “Turbo-Buxgalteriya”, “Folio” va boshqalardir.


2.Savollar

1.Ko’pgina firmalar buxgalteriya dasturlarini qanday ishlab chqarmoqda?


2. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarini yaratishda qanday yondoshishlar mavjud?
3. Kichik va o’rta korxonalardagi moliyaviy va boshqaruv hisobini qarab dasturiy majmua qanday moduldan tashkil topadi?
4. Tuzilishi bo’yicha buxgalteriya ma’lumotnomalar qanday bo’ladi?
5. Buxgalteriya tizimida ishlatiladigan qanday dasturiy ta’minotlar mavjud va ular bir biridan qanday farq qiladi?



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə