2013 yilning birinchi yarmida Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko'rsatkichlari



Yüklə 55,84 Kb.
səhifə1/2
tarix25.02.2023
ölçüsü55,84 Kb.
#101509
  1   2
Kirish


Viloyatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga doir kompleks dasturlarni amalga oshirish natijasida joriy yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot 8,1 foizga oshdi.Sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish va ularni yanada diversifikatsiya qilishga doir dasturiy chora-tadbirlarning ijrosi sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmini 5,7 foizga oshirish imkonini berdi.Fermer xo'jaliklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga ilg'or texnologiyalarni joriy etish ko'lamini kengaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo'jaligining yalpi mahsuloti 6,8 foizga o'sdi.Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi, strategik investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etishni jadallashtirish va yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini tashkil etish o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmini 18,1 foiz va qurilish ishlarini 12,3 foizga oshirishni ta'minladi.Ichki talabni muvozanatli rag'batlantirish va mamlakatimizda tovarlar ishlab chiqaruvchi hamda xizmatlar ko'rsatuvchi mahalliy korxonalarni rivojlantirishni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni 10 foiz, chakana savdo aylanmasini 16,2 foiz, xizmatlar ko'rsatishni 15,1 foizga oshirishni ta'minladi.Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish hajmining o'sishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etilishi va aholi bandligini kengaytirish aholi real daromadining barqaror oshishida muhim omil bo'ldi.
2013 yilning birinchi yarmida Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko'rsatkichlari
(2012 yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida)
Ko'rsatkichlar O'sish sur'atlari
Yalpi ichki mahsulot 108,1
Sanoat mahsulotlari hajmi 105,7
Iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish 110,0
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari 106,8
Qurilish ishlari 112,3
Chakana savdo aylanmasi 116,2
Pullik xizmatlar 115,4
Jami xizmatlar 115,1
Sanoat
2015 yilning yanvar-iyun oylarida sanoat mahsuloti hajmi 1135968,2 mln. so'm yoki 2014 yilning yanvar-iyuniga nisbatan o'sish sur'ati 100,9 foizni tashkil etdi. 2015 yilning yanvar-iyun oylari davomida 327099,2 mln.so'mlik iste'mol to-varlari ishlab chiqarilib, 2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o'sish sur'ati 108,2 foizni tashkil etdi. Jumladan, 175421,4 mln.so'mlik oziq-ovqat mahsulotlari va 151677,8 mln.so'mlik nooziq-ovqat mollari (o'tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 110,4 foiz va 105,8 foiz) ishlab chiqarildi.
2015 yil yanvar-iyunida sanoat tarmoqlari bo'yicha mahsulot hamda iste'mol tovarlari ishlab chiqarilishi quyidagicha ifodalanadi:

Elektroenergetika

486373,4

93,4

Yoqilg'i

-

-

Qora metallurgiya

4253,9

2,4мк

Rangli metallurgiya

-

-

Kimyo va neft-kimyo

15139,2

99,9

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash

19642,7

118,1

O'rmon, yog'ochni qayta ishlash
va tsellyuloza-qog'oz

3589,2

117,7

Qurilish materiallari

70934,8

111,2

Shisha va chinni sopol sanoati

97,5

108,4

Yengil sanoat

307274,1

103,2

Oziq-ovqat sanoati

162265,8

112,1

Mikrobiologiya sanoati

-

-

Un-yorma va omuxta em sanoati

39536,0

107,9

Tibbiyot sanoati

22952,5

112,2

Poligrafiya sanoati

457,8

104,3

Boshqa tarmoqlar

3451,3

105,1

Iste'mol tovarlari

327099,2

108,2

Shu jumladan:



Oziq-ovqat mahsulotlari

175421,4

110,4

Nooziq-ovqat mahsulotlari

151677,8

105,8


Yüklə 55,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə