2019-yil 23-iyun kuni Islom Karimov O‘zbekiston ssr kompartiyasi mkning Birinchi sekretari etib tayinlanganiga 30 yil to‘ldi. Dastavval u respublikani partiya yetakchisi sifatida boshqargan



Yüklə 33,34 Kb.
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü33,34 Kb.
#125352
  1   2   3
yangi tarix


2019-yil 23-iyun kuni Islom Karimov O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari etib tayinlanganiga 30 yil to‘ldi. Dastavval u respublikani partiya yetakchisi sifatida boshqargan. Bunday amaliyot sobiq Ittifoqning barcha respublikalarida mavjud edi.1990 yilning mart oyida esa, hali respublika SSSR tarkibida bo‘lgan bir paytda Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan respublika Prezidenti etib saylangan. O‘rnatilgan tartibga zid holat yuzaga keldi: Islom Karimov, SSSR prezidenti Mixail Gorbachevdan keyin ittifoqdosh respublikaning birinchi prezidenti bo‘ldi va bu hodisa Moskvadagi rahbariyatning noroziligini uyg‘otdi.
Biroz ortga qaytamiz. 1989-yilga kelib sobiq Ittifoqda vaziyat anchagina murakkablashgan edi. Shu jumladan O‘zbekistonda ham. Boz ustiga respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Ittifoqda oxirgi o‘rinlarni egallardi. Millatlararo va etnik nizolar vaziyatni yanada keskinlashtirgan bir paytlar edi.
1989-yilning iyun oyida Farg‘ona oblastida mesxeti turklar bilan o‘zbeklar o‘rtasida, keyinchalik «Farg‘ona voqealari» nomini olgan ommaviy to‘qnashuvlar yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra oqibatda yuzdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 735 ta xonadonning, 28 ta davlat obyektlari va 275 ta transport vositalarining kuli ko‘kka sovurilgan.
Boshqa oblastlar ham notinch edi. Xususan, Toshkent, Yangiyo‘l, Chirchiq (Toshkent oblasti) da va Ishtixon (Samarqand oblasti) da norasmiy mitinglar uyushtirildi. Turklar o‘rtasida vahima kuchayib, ularning ko‘pchiligi zo‘ravonlik qurboniga aylanishdan qo‘rqib, ishga chiqmay qo‘ydi. Qator rayonlarda hokimiyat jamoat tartibini saqlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘ra boshladi. Aholining aksariyati turklardan iborat bo‘lgan Bo‘ka rayonidagi yo‘llarda nazorat-tekshiruv punktlari o‘rnatilib, turk mahallalari qattiq himoyaga olindi. Sirdaryo oblastida beqarorlik va tartibsizlikni keltirib chiqarishga uringan mahalliy aholi vakillari hibsga olindi.
Aynan shu kunlarda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari R.Nishonovni SSSR Oliy Sovetining Millatlar Kengashi raisi etib saylaydilar va endi u lavozimiga ko‘ra doimo Moskvada bo‘lishi kerak edi. Shu tariqa respublika amalda rahbarsiz qolgan edi.
Mana shunday murakkab vaziyatda nafaqat respublikani boshqarish, balki yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish qobiliyatiga ega insonni zudlik bilan topish Markaz uchun o‘ta muhim masalaga aylandi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat va alohida respublikalarning taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan KPSS MKning Siyosiy byurosi a’zolari O‘zbekiston kompartiyasining Birinchi sekretari lavozimiga oid masalada Islom Karimov nomzodi bo‘yicha bir xil fikrda emas edilar.
Islom Karimovning o‘zi bu voqealarni shunday xotirlaydi: 1989-yilning iyun oyi. Dahshatli kunlar edi. Yong‘inlar, talon-tarojlar... Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo‘ka. Kul bosib yotgan cho‘g‘ alanga olib, fuqarolar urushi xavfi soat sayin kuchayib borayotgan bir payt. Kamsitishlar oqibatida yillar davomida yig‘ilib kelgan alamzadalik to‘lqini butun respublikani junbushga keltirgan. Hokimiyat vaziyatni boshqara olmay qolgan.
Markazda beqarorliklarni to‘xtatib, respublikani jar yoqasidan qaytara oladigan odamni qidirishar edi. Oxir-oqibat menga murojaat qilishdi. Tarozi pallasiga kelajagim tugul, hayotim qo‘yilayotganini tushunardim. Balandparvoz gaplar deb qabul kilmang-u, menga kuch beradigan, ishonch beradigan bitta narsa bor edi: xalq meni tushunadi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Hozir aniq eslolmayman, 10 yoki 11-iyun kunlari Siyosiy byuroda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan edi. Muhokama bepisandlik ruhida olib borilayotgan edi. Beandisha tanbehlar, o‘rinsiz gaplardan keyin men minbardan turib Gorbachevga murojaat qildim: «Mixail Sergeyevich! Mening nomzodimni qaytaring. Bu yerda kimlarnidir qoniqtirmayotganimni ko‘ryapman. Rafiq Nishonovni olti oy muddatga o‘z lavozimida qoldirishingizni so‘rayman. U tartib o‘rnatganidan keyin bugungi masalaga yana qaytishimiz mumkin. Menga esa ketishimga ruxsat bering». Gorbachev meni to‘xtatishga urindi. Men esa, «Meni ko‘ndirishga urinmang. Men uchun hamma narsa ravshan. Ketishimga ruxsat bering» dedim. «Qaroringiz qat’iy ekan, boraqoling», dedi Gorbachev. Men Toshkentga uchib ketdim va zavodga qaytishga qaror qildim. Oilam uncha katta emas. Bir kunimni ko‘rarman.
Biroq, ikki kundan keyin uyimga Nishonov qo‘ng‘iroq qilib, Moskva mening nomzodimni ma’qullaganini aytdi. 
Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə