20asr madaniyati va uning rivojlanish muommosi Ilmiy-texnik inqilob va uning natijalari



Yüklə 4,37 Mb.
tarix22.05.2023
ölçüsü4,37 Mb.
#111884
20asr madaniyati va uning rivojlanish muommosi

20asr madaniyati va uning rivojlanish muommosi

Ilmiy-texnik inqilob va uning natijalari.


So‘nggi yuz yil davomida fanning rivojlanishi XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilobga olib keldi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlanib ketgan «sovuq urush» hamda AQSH va SSSR o‘rtasidagi qurollanish poygasi kosmos sohasiga ham ko‘chdi.

1957-yili 4-oktabr kuni Sovet Ittifoqida dunyoda birinchi Yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.


Akademik S.P. Korolyov boshchiligidagi guruh tomonidan Oyga kosmik kema uchirish borasida tadqiqotlar olib borildi.
S.P. Korolyov

Ular natijasida 1961-yil 12-aprel kuni dunyoda birinchi marta Yuriy Gagarin «Vostok» kosmik kemasida koinotga parvoz qildi. Kosmonavtika davri boshlanib, u koinot haqidagi bilimlarimizni kengaytirdi.


Insoniyat tarixida birinchi bo‘lib koinotga parvoz qilgan inson – Yuriy Gagarin.

1960-yili sovet fiziklari N.G. Basov, A.M. Proxorov va amerikalik olim Ch. Tauns lazer (bu so‘z inglizcha Light Amplification bu Stimulated Emission of Radiation – majburiy nurlanish natijasida yorug‘likning kuchaytirilishi iborasining bosh harflaridan olingan) – nurning mutlaqo yangi turini yaratdilar.

Kompyuter (inglizcha computer – «hisoblagich») dastlab axborotni qayta ishlash va hisoblash uchun yaratilib, elektron hisoblash mashinasi – EHM deb yuritilar va juda katta hajmga ega edi.


Birinchi kompyuter

1959-yili amerikalik injenerlar D. Kilbi va R. Noys tomonidan yarimo‘tkazgichli integral mikrosxemalarning yaratilishi kompyuter va boshqa asboblar hajmining keskin qisqarishiga, faoliyat sohasini keskin kengaytirishga olib keldi.


R. Noys
Yarimo‘tkazgichli integral mikrosxema

Hozir deyarli barchamiz foydalanadigan uyali telefonlar ham XX asr ixtirosi.


Shvedlar tomonidan taklif qilingan birinchi ommaviy uyali telefon aloqasi MTS–Mobil telefon sistem (mobil telefon tizimi) deb ataldi.
Shvetsiyaning Televerket kompaniyasi 1940-yillar oxiridayoq uyali telefonlarni yaratish ustida ish boshlagan edi.

1969-yili Internetning o‘tmishdoshi ARPANET yaratildi.


1972-yili E-mail (elektron pochta) paydo bo‘ldi.

San’at.


XX asrning ikkinchi yarmida san’atda abstraksionizm
(abstraksiya-mavhum) yo‘nalishi keng ommalashdi.
Abstraksionizm
fotografiya san’atining rivojlanishiga o‘ziga xos javob tarzida paydo bo‘ldi.

Abstraksionizmga qarama-qarshi ravishda pop-art (ommaviy san’at) paydo bo‘ldi va tezda Yevropaga tarqaldi.


Pop-art ixlosmandlarining fikricha, dunyodagi har qanday buyum o‘zining dastlabki iste’molchilik ahamiyatini yo‘qotib, badiiy, estetik sifat kasb etishi mumkin.
Pop-art

Adabiyot.


Urushdan keyin bir qator yozuvchilarning romanlari urushni badiiy usullar bilan anglashga bag‘ishlandi.
Bayon qilishning realistik shakli XX asrning yangi adabiy yo‘nalishi – ommaviy adabiyotda o‘ziga yo‘l topdi.

Bu – bozorning barcha qonunlarga rioya qiladigan, xari dorlarning turli qatlamiga mo‘ljallangan adabiy tovar. Bu o‘zining ochiq tijoriy xarakteri, ko‘ngilochar funksiyasi va voqealar rivojining oldindan ma’ lumligi bilan XX asr birinchi yarmidagi adabiyotdan salbiy jihatlari bilan farq qiladi.

Savol va topshiriqlar

1. Kapitalizmning postindustrial davrida ilmiy-texnik taraqqiyot qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?

2. «Sovuq urush» davridagi musobaqa ommaviy qirg‘in qurollarining qanday yangi turlari yaratilishiga va koinotni zabt etish uchun qanday tadqiqotlar olib borilishiga sabab bo‘ldi?

3. Zamonaviy EHMlar, kompyuterlar va uyali aloqa tarmog‘ining yaratilishida integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi qanday rol o‘ynadi?

4. Internet tarmog‘ining paydo bo‘lishiga qanday nazariya asos bo‘ldi?

5. Abstraksionizm nima va unga qanday ta’rif berish mumkin?

6. XX asr adabiyoti va san’atidagi qanday yo‘nalishlarni ta’rifl ay

olasiz? Adabiyot va san’atning ijtimoiy hayotga ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi?


Yüklə 4,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə