22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari



Yüklə 130,61 Kb.
səhifə15/24
tarix28.11.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#138262
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
22-mavzu. Xalqaro logistika rivojlanishining muammolari-fayllar.org

«Inkoterms» (Incoterms, International commerce terms) – bu lug‘at formatidagi xalqaro qoidalar bo‘lib, tashqi savdo sohasida ko‘proq keng foydalaniladigan savdo atamalarining, avvalambor javobgarlikning sotuvchidan xaridorga o‘tishini bir qiymatli talqin qilinishini ta’minlaydi. Xalqaro savdo atamalari o‘zida xalqaro oldi-sotdi shartnomalarining oldindan xalqaro tan olingan hujjatda belgilangan standart shartlarini belgilaydi.
«Inkoterms» qoidalari shartnomada ularga yo‘llanmalar bo‘lgan taqdirda inobatga olinadi. Shartnomaning shartlari «Inkoterms» ning moddasiga mos kelmagan taqdirda shartnomaning shartlari ustivor bo‘ladi. «Inkoterms-2010» ning barcha 11 ta atamasi 4 ta bazis kategoriyalarga (C, D, E, F guruhlar) guruhlangan, bu 8.1 jadvalda aks ettirilgan.
8.1 jadval.

«Inkoterms-2010» qoidalarining tuzilishi [5, 135-bet].


Guruh

Qabul qilingan belgilanish

Atamaning qiymati


E guruh

EXW

Departure


Jo‘natish


Ex works (... named place)


Franko-zavod (o‘zi olib chiqish)


G‘ guruh




Main carriage unpaid


Asosiy tashish to‘lanmagan


FCA

Free carrier

Jo‘natish punktidagi franko




(... named place)


tashuvchi




FAS

Free alongside ship (... named port of shipment)

Jo‘natish portida kemaning borti bo‘ylab franko


FOB

Free on board (… named port of shipment)

Jo‘natish portida kemaning franko-borti


S guruh



Main carriage paid


Asosiy tashish to‘langan


CFR

Cost and freight (... named port of destination)

Belgilangan portgacha narx va fraxt


CIF

Cost, insurance and freight (... named port of destination)

Belgilangan portgacha sug‘urta narxi va fraxt


CPT

Carriage paid to (... named place of destination)

Belgilangan joygacha tashish to‘langan


CIP

Carriage and insurance paid to (...named place of destination)

Belgilangan joygacha tashish va sug‘urta to‘langan


D guruh



Arriva

Etib kelish

DAT

Delivered at terminal (... named place)

Terminalda yetkazib berish


DAP

Delivered at place (... named place of destination)

Belgilangan joyda yetkazib berish


DDP

Delivered duty paid (... named place of destination)

Yetkazib berilgan, boj to‘langan




E guruh o‘z ichiga ularga ko‘ra xaridor jo‘natishga tayyor tovarni sotuvchining omboridan oladigan shartlarni o‘z ichiga oladi (EXW – fran-ko-zavod). Bu shartlarga ko‘ra sotuvchi o‘ziga tegishli binoda tovarni xaridor olishi mumkin qilib qo‘yganda yetkazib berish bo‘yicha o‘zining majburiyatlarini bajargan bo‘lib hisoblanadi. Bunday holda sotuvchining korxonasidan belgilangan punktga etkazishda vujudga keladigan barcha xarajatlar va xavf-xatarlarni xaridor zimmasiga oladi.
F guruh uchta shartni o‘z ichiga oladi (FCR; FAS; FOB), ularga ko‘ra sotuvchi tovarni xaridor ko‘rsatgan asosiy transport vositasigacha yetkazib berishi, shuningdek yana ba’zi bir logistik operatsiyalarni bajarishi shart.
FCA shartlariga ko‘ra – «tashuvchigacha (kelishilgan punktgacha) etkazish)» – yetkazib beruvchi eksport rasmiyatchiliklarini amalga oshirgandan keyin tovarni kelishilgan punktda xaridorga (yoki tashuvchiga) bergandan keyin o‘zining majburiyatlarini bajargan bo‘lib hisoblanadi.
FAS shartlari – «kemaning bortiga joylashtirish (kelishilgan jo‘natish portida)» – yuqorida sanab o‘tilgan shartlarga ko‘rsatilgan jo‘natish portida tovarni kemaning bortiga joylashtirish qo‘shiladi.
FOB shartlari – «kemaning bortiga etkazish (ko‘rsatilgan jo‘natish portida)» – oldinga operatsiyalarga qo‘shimcha ravishda tovarni jo‘natish portida vositachilar yordamida ko‘chirish imkoniyatini ko‘zda tutadi.
S guruh to‘rtta shartni o‘z ichiga oladi (CFR; CIF; SRT; CIP), sotuvchi tashish shartnomasini tuzishi lozimligini, biroq tovarning yo‘qolish yoki shikastlanish xavfini va tovar jo‘natilgandan keyin vujudga keladigan hodisalar bilan bog‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlarni zimmasiga olmasligini ko‘zda tutadi.
CFR – narx va fraxt (belgilangan portning nomi). Sotuvchiga tovarni belgilangan portgacha yetkazib berish uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar va fraxt yuklanadi. Tovarning yo‘qolish yoki shikastlanish xavfi, shuningdek tovarni kemaning bortiga yetkazib bergandan sodir bo‘ladigan hodisalar oqibatida vujudga keladigan har qanday qo‘shimcha xarajatlar tovar jo‘natish portida kemaga yuklangan momentdan boshlab sotuvchidan xaridorga o‘tadi.
CIF – narx, sug‘urta va fraxt (belgilangan portning nomi). Bu holda sotuvchi “Narx va fraxt” shartlaridagi xuddi o‘sha majburiyatlarni zimmasiga oladi, biroq u yukni yukning yo‘qolish yoki shikastlanish hodisasidan sug‘urtalashi zarur bo‘ladi.
SRT – fraxt (belgilangan joyning nomi) gacha to‘langan. Sotuvchi tovarni ko‘rsatilgan joygacha tashish uchun fraxtni to‘laydi. Tovarning yo‘qolish yoki shikastlanish xavfi, shuningdek tovar tashuvchiga yetkazib berilgandan keyin vujudga keladigan har qanday qo‘shimcha xarajatlar tovar tashuvchining tasarrufiga o‘tgan momentdan boshlab sotuvchidan xaridorga o‘tadi.
CIP – fraxt va sug‘urta (belgilangan joyning nomi) gacha to‘langan. Sotuvchi “fraxt (belgilangan joyning nomi) gacha to‘langan” shartidagi xuddi o‘sha majburiyatlarni zimmasiga oladi, biroq u yukni tashish paytida yukning yo‘qolish yoki shikastlanish hodisasidan sug‘urtalashi zarur bo‘ladi.
D guruh uchta shartni o‘z ichiga oladi (DAT; DAP; DDP), ularga ko‘ra sotuvchi tavakkal qiladi va yukni belgilangan punktga yetkazib berish bilan bog‘lanadigan barcha xarajatlarni zimmasiga oladi.
DAT – terminalda yetkazib berish. Tovar belgilangan port yoki joydagi kelishilgan terminalda etib kelgan transport vositasidan tushirilgandan keyin va xaridorning tasarrufiga taqdim qilingandan keyin sotuvchi yetkazib berishni amalga oshirgan bo‘lib hisoblanadi. «Terminal» tushunchasi prichal, ombor, konteyner hovlisi kabi ochiq yoki yopiq bo‘lgan har qanday joyni, shuningdek avtomobil, temir yo‘l yoki aviakargoterminalni o‘z ichiga oladi. Sotuvchi tovarni belgilangan port yoki joydagi kelishilgan terminalga yetkazib berish va tushirish bilan bog‘lanadigan barcha xavf-xatarlarni zimmasiga oladi.
DAP – belgilangan joyda yetkazib berish. Sotuvchi tovar kelishilgan joyga etib kelgan transport vositasidan tushirishga tayyor holda bo‘lganda va sotuvchining ixtiyoriga taqdim qilinganda yetkazib berishni amalga oshirgan bo‘lib hisoblanadi. Sotuvchi tovarni ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish bilan bog‘lanadigan barcha xavf-xatarlarni zimmasiga oladi.
DDP – bojni to‘lash bilan yetkazib berish (belgilangan joyning nomi). Sotuvchi tovarni importer mamlakatning ko‘rsatilgan joyiga yetkazib berganda o‘zining majburiyatlarini bajargan bo‘lib hisoblanadi. Sotuvchiga import uchun bojxona bojlari va to‘lovlarini to‘lashni ham o‘z ichiga olgan holda, tovarni yetkazib berish bo‘yicha barcha xarajatlar va barcha xavf-xatarlar yuklanadi. DDP sotuvchiga maksimal majburiyatlarni yuklaydi [19, 389-bet].
«Inkoterms-2010» atamalarining amal qilish sohalarining grafik tasviri 3.1 rasmda keltirilgan.


Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə