22-mavzu. XIX-XXI asrlarda rossiyada geografiyaning rivojlanishi



Yüklə 54,75 Kb.
səhifə1/5
tarix11.05.2022
ölçüsü54,75 Kb.
#86728
  1   2   3   4   5
22-Mavzu

22-MAVZU.XIX-XXI ASRLARDA ROSSIYADA GEOGRAFIYANING RIVOJLANISHI

  • REJA
  • 1. Rossiya - maydoni jihatidan yer yuzidagi eng yirik davlat.
  • 2. Xo`jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
  • 3. Kimyo va neft kimyo sanoati.

Rossiya - maydoni jihatidan yer yuzidagi eng yirik davlat.

  • Rossiya - maydoni jihatidan yer yuzidagi eng yirik davlat. U Yevrosiyo shimoliy qismida joylashgan (taxminan 4,1 mln. km.kv – Yevropada, 13,0 mln. km.kv - Osiyoda).
  • Rossiya chegaralarining umumiy uzunligi dunyoda eng katta bo'lib, u 58,6 ming km ni tashkil qiladi. Bunda dengiz orqali o'tgan chegaralar quruqlikdagi chegaralardan deyarli ikki barobar uzun.
  • Rossiyaning quruqlikdagi chegaralari ham juda uzoqqa cho`zilgan (20 ming km dan ortiq). Sobiq Ittifoq parchalangandan so'ng Rossiya qo'shnilarining soni rasman o'zgarmadi. U 16 davlat bilan chegaradosh, dunyodagi boshqa hech qaysi davlatning bunchalik ko'p qo'shnisi yo'q.

 
  • Rossiya - Federativ Respublika. Davlat rahbari-Prezidentdir. Hukumat ijro etuvchi organ hisoblanadi.
  •   Rossiya Federatsiyasi mineral resurslarning turlari va zaxiralari bo'yicha jahondagi eng boy mamlakatlardan biridir.
  •   Rossiya ko`mir, neft va tabiiy gazning ulkan zahiralariga ega. Undan tashqari mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, qalayi, nikel, boksit, nefelin rudalariga boy. Oltin, kumush, platina, olmos qazib olinadi. Osh va kaliy tuzlarining zaxiralari ulkan.
  •   Rossiyaning barcha hududlarida, ayrim arktika va subarktika rayonlaridan tashqari, doimiy aholi mavjud, biroq u juda notekis joylashgan. Aholining o'rtacha zichligi 1 km.kv ga 8,4 kishini (Rossiyaning Yevropa qismida 1 km.kv ga 32 kishi, Osiyo qismida esa taxminan 2 kishi to'g‘ri keladi) tashkil etadi. Aholi eng zich joylashgan yerlar (bu zichlik shimolga va sharqqa tomon kamayib boradi) Markaziy Rossiyadadir. Rossiya Federatsiyasi aholisining soni 2012-yilning boshida 142,0 mln. kishini tashkil etdi.
  • Rossiyaning demografik rivojlanishining hozirgi bosqichiga tug'ilish va aholi tabiiy ko'payishining qisqarishi xosdir. Aholi sonining tabiiy kamayishi ma’lum darajada davlatlararo migratsiya saldosi hisobiga qoplanmoqda.
  • Rossiya aholisining milliy tarkibi juda xilma-xildir (100 dan ortiq millat va xalqlar yashaydi). Aholisining ko`p qismini ruslar tashkil etadi (80% dan ortiq), ko‘p sonli xalqlar qatorida tatarlar (5 mln kishidan ortiq), ukrainlar (4 mln. dan ortiq), chuvashlar va boshqalarni ajratish mumkin. Shahar aholisi ulushi – 73,3%.
  • Qishloq aholisining joylashishi tabiat zonalari, xo'jalik faoliyati uchun mavjud bo'lgan shart-sharoitlar, xalqlarning urf-odatlari va an’analari bilan bog`liq holda farqlanadi.

Yüklə 54,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə