28-dekabr 1936 30-may 2016 taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi



Yüklə 0,5 Mb.
tarix22.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#112046
erkin vohidov



Erkin Vohidov

(28-dekabr 1936 – 30-may 2016) — taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi.[1] Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenin asarlaridan hamda Goethening „Faust“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir.


Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1999-yilda esa oliy darajadagi Oʻzbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan.[2]
Vohidovning sheʼrlari oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan va tez-tez toʻplamlarda chop etiladi. Shoirning bir necha sheʼriga kuy bastalangan, jumladan, Sherali Joʻrayev tomonidan. 2020-yilning oktyabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va oʻzbek tillarida taqdim etildi.
Erkin Vohidovich Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan[4][5]. Oʻqituvchi boʻlib ishlagan otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda boʻlgan. Vohidov oʻsha davr qiyinchiliklarini shunday eslaydi:
Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975—1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963—1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985—1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982—1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan.[8] Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995—2005) hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2005—2009) lavozimlarida ishlagan.[9]


DO`ST BILAN OBOD UYING
Do`st bilan obod uying,
Gar bo`lsa u vayrona ham,
Do`st qadam qo`ymas esa,
Vayronadir koshona ham.
Intizor har uy dilovar
Dilkusholar bazmiga,
Gar oyoq qo`sa qabohat
Yig`lagay ostona ham.
Yaxshi do`stlar davrasida
Ochilursan har zamon,
Ko`rkni shoda ichra topgay
Marvarid durdona ham.
So`rma mendan, kim diloro,
Do`stmi yo jonona deb,
Do`st mening ko`nglimdadir,
Jonimdadir jonona ham.
Qochma rostgo`y do`stlarning
Koxishu ozoridan,
Qaddi rost shamning tilidan
O`rtanur parvona ham.
Do`st qidir, do`st top jahonda,
Do`st yuz ming bo`lsa oz,
Ko`p erur bisyor dushman
Bo`lsa u bir dona ham.
Kim senga hamroz emasdir,
Beg`araz deb o`ylama,
Gohi dushmanlik qilurlar
Qo`l siqib do`stona ham.
Do`sti sodiq yo`q ekan deb
O`rtanib kuyma va lek,
Mehr uyin keng ochsang, Erkin,
Do`st bo`lur begona ham.
XAYRLI KECH
Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do`stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.
Xayrli kech — hikmatli istak,
Bu istakni buyurmish yurak.
Xayrli kech — farahli tuning
Osoyishta, tinch bo`lsin, demak.
Yer yuzida yashagan inson
Mayliga, u qayerlik bo`lsin,
Tinch mehnatda kunlari shodon,
Kechalari xayrli bo`lsin.

KAMTARLIK HAQIDA
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə