28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


MAVZU-9 JORIY BUXGALTERIYA HISOBI



Yüklə 2,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/283
tarix13.04.2022
ölçüsü2,66 Mb.
#85401
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   283
310711 (1)

 
MAVZU-9 JORIY BUXGALTERIYA HISOBI 
MA’LUMOTLARINI UMUMLASHTIRISH  
(ma’ruza – 2 soat)
 
 
REJA: 
1.
 
Oborot qaydnomalari haqida tushuncha. 
2.
 
Sintetik  va  analitik  schyotlar  bo’yicha  tuziladigan  oborot 
qaydnomalar va ular o’rtasidagi bog’liqlik. 
 
Mavzuning  maqsadi: 
Oborot  qaydnomalarning  mazmunini  o’rganish, 
sintetik va analitik oborot qaydnomasi tuzish tartibini yoritib berish. 
Tayanch  iboralar:
Sintetik  schyotlar  oborot  qaydnomasi,  analitik 
schyotlar oborot qaydnomasi, schyotlar nomi va shifri, oy boshiga qoldiq, oy 
davomidagi  oborot,  oy  oxiriga  qoldiq,  juft,  birinchi  juft,  ikkinchi  juft, 
uchinchi juft, natural, qiymat o’lchovlari, kirim, chiqim, shaxmatsimon. 
 
Korxonalar 
faoliyatida 
sodir 
bo’ladigan 
xo’jalik 
jarayon 
(operatsiya)lari buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd qilib boriladi. Xo’jalik 
operatsiyalarini  buxgalteriya  hisobi  schyotlarida  bunday  qayd  qilish  joriy 
hisob  deb  aytiladi.  Joriy  hisob  maolumotlarining  to’g’riligini  bilish  va 
hisobot  davrining  oxiriga  balans  tuzish  uchun  vaqti-vaqti  bilan  barcha 
schyotlar  bo’yicha  umumiy  maolumotlar  jamlab  chiqiladi  va  schyotlar 
bo’yicha  hisobot  davrining  oxiriga  qoldiq  hisoblab  topiladi.  Schyotlarning 
umumlashgan  ko’rsatkichlari  bo’yicha  korxona  faoliyatini  boshqaruviga 
taaluqli  qarorlar  qabul  qilinadi.  Hisobot  davrining  oxiriga  joriy  hisobning 
to’g’ri  olib  borilganligini  bilish  uchun  oborot    qaydnomalaridan 
foydalaniladi.  Schyotlarning  tuzilishi,  belgilanishi  va  mazmunlariga  qarab 
turib oborot qaydnomlari quyidagi turlarga bo’linadi: 

 
sintetik schyotlar oborot qaydnomasi

 
analitik schyotlar oborot qaydnomasi. 
SHuningdek 
korxonada 
foydalanayotgan 
hisobchilik  shaklining  xususiyatiga  qarab  turib, 
“SHaxmatsimon”  oborot  qaydnomalaridan  ham 
foydalaniladi. 
 

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə