|
 29-Mavzu. Iqtisodiy va ijtimoiy geografya fanining rivojlanish istiqbollari
|
səhifə | 1/3 | tarix | 12.05.2022 | ölçüsü | 55,19 Kb. | | #86798 |
| 29-Mavzu 29-Mavzu.IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA FANINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. - REJA
- 1. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
- 2. Oʻzbekistonda I. va i.g .ning ilmiyamaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yoʻnalishlarda
- 3. I. va i.g . yangi shakllanib borayotgan regional iqtisodiyot fani bilan ham chambarchas bogʻliq.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya— turli mamlakat va rayonlarda i.ch. kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiyijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Uning asosiy vazifalari i.ch. va aholi hayoti bilan bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — i.ch.ning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholash, ularni bashorat qilish va boshqarishdan iborat. Shuningdek, I. va i.g . ishlab chiqarishni joylashtirish bilan aloqador tabiatdan foydalanish va geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xoʻjalik strukturasini tartibga solib borishdek muhim vazifalarni oʻrganadi.
- I. va i.g . geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya bilan chambarchas bogʻliq. Uning tabiiy sharoitlarni oʻrganuvchi boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi, ayniqsa, ekologik muammolarning keskinlashuvi jarayonida yanada kuchaydi.
- I. va i.g . umumiy, sohalar yoki xoʻjalik tarmoklari geogr.si, jahon xoʻjaligi geografiney, aholi geografiney, regional I. va i.g . ga boʻlinadi.
- Umumiy I. va i.g . ishlab chiqarishni yaxlit va uning alohida tarmoklarining joylashish qonuniyatlarini oʻrganadi.
- Soha I. va i. g . da sanoat geografiyasi, q.x. geogr.si, transport geogr.si keng rivojlanmoqda. Xizmat koʻrsatish sohalari geogr.si, rekreatsiya geogr.si. tabiiy resurelar geogr.si, tibbiyot geogr.si kabilar shakllanmoqda.
- Regional I. va i.g . aniqmamlakat va r-nlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barcha hududiy xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|