3 -bob. Pul mablag’lari va hisob–kitoblar hisobi


Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi



Yüklə 55,45 Kb.
səhifə5/9
tarix10.04.2022
ölçüsü55,45 Kb.
#85267
1   2   3   4   5   6   7   8   9
New Документ Microsoft Word

Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi

Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo’jalik xarajatlarini va xizmat safar xarajatlarini to’lashda sodir bo’ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo’jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag’larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xo’jalik ehtig’jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog’liq. Safar xarajatiga pul berishda yo’lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.

Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug’i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.

Belgilangan me’yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga o’tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o’tkaziladi.9

Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan me’g’ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani ko’paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so’ng uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar to’g’risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova qiladi.

Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo’lim boshliqlari qilingan xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi aniqlangandan so’ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi.

Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo’lib, birovga berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo’yicha qarzi bo’lmagan holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan me’yordan ortiqcha qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo’shib daromad solig’iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’g’ri eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi.

Хizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo’lgan hollarda, korxona rahbari isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to’lashga ruxsat berish huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida saqlanadi. Safardan qaytgandan so’ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to’g’risida hisobot topshirilmaydi.

Safar muddati korxona rahbarining buyrug’i bilan aniqlanadi, safarda bo’lgan haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to’g’risidagi belgi bilan aniqlanadi. Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to’liq kun hisoblanadi.

Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro’yxatga olish jurnali yuritiladi. Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Хizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot bo’lib, debet qoldig’i hisobdor shaxsining korxonadan bo’lgan qarzini ko’rsatadi. Bu schyotning debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi berilganda, kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi.

Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo’nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo’lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 schyoti debetlanib, 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu jurnal-order kombinlashgan registr bo’lib, bir qatorga yozish yo’li bilan sintetik va analitik hisobni o’zida mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning avans hisoboti bo’yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan foydalaniladi.

Arifmetik va ma’naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog’lanuvchi schyotlarni qo’ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-orderga yozish uchun asos bo’lib hisobdor shaxsga berilgan avans summasi bo’yicha – kassa chiqim orderi, sarflangan summa bo’yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan summa bo’yicha – kirim kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini qaytarish bo’yicha – kassa chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning shakli yangi schyotlar rejasi talabiga to’liq javob bermaydi. U qaytadan ishlab chiqilishi kerak.

Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bilan shug’illansa, xorijiy safar bo’yicha xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug’iladi. Хorijiy safar xarajatlari uchun pul O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me’yor bo’yicha to’lanadi. Хorijiy valutada qilingan safar xarajatlari maqsadli tayinlanishiga qarab 4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asbob-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-schyot) o’tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valuta va so’m ekvivalentida yoziladi. Ҳisobdor shaxslarda qolgan valuta ham qaytadan baholanib natija 9620 yoki 9540 - schyotlarga o’tkaziladi.



Yüklə 55,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə