3- laboratoriya mashguloti: Mavzu: Sportchilarning jarohatlanishi. Ochiq va yopiq jarohatlarda 1-tibiiy yordam. Reja



Yüklə 33,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü33,59 Kb.
#157726
1   2   3   4
лаб-3

Ochiq va yopiq shikastlanishlar. 
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan 
shikastlanishga 
ochiq shikastlanish
deyiladi. 
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq 
shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq to’qimalar 
ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi). 
Sababi: o'tmas to’mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish. yuqoridan 
tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqadi. 
Yopiq shikastlanishlarga
to'qimalarning lat yeyish, cho’zilishi, uzilishi, chayqalishi, 
qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq sinishi kiradi. 
Lat yeyish
. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to’mtoq narsa bilan urilishi 
natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. Odamga zarb 
tekkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi. 
Klinikasi.
Lat yeganda shish, qon quyilishi, og'riq va organ funksiyasining buzilishi 
qayd qilinadi. Avvaliga og'riq va yumshoq to’qimalarning zararlanishi yuzaga keladi. 
Lat yegan joy biroz shishadi qizaradi va ko'karib qoladi. Shish va qon talashlar ko'pi 
bilan 2-3 kunda shikastdan kcyin paydo bo'ladi. Harakat qilganda, lat yegan sohada 
og'riq kuchayadi, tinch turganda kamayadi. Qon talashning rangiga qarab qachon 
paydo bo'lganini aniqlash mumkin: birinchi kunlari gematoma sohasi qizil bo'ladi 
so'rilish boshlangandan so'ng yashil va sarg'ish rangga kiradi, teri ostiga quyilgan qon 
rangi vaqt o’tishi bilan o'zgaradi va so'rila boshlaydi. Og’ir lat yeyishdan so'ng harorat 
ko'tarilishi va umumiy holatning buzilishi qayd qilinadi.Lat yeganda birinchi tibbiy 
yordam ko’rsatish.Shikastlangan kishiga avvalo tinch sharoit yaratish kerak.Qon 
talashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori ko'tarib o'yish 


kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq 
qo’yiladi), bintli bog'lam qo’yiladi. Og'riqni kamaytirish uchun analgin yoki baralgin 
tabletkasi ichiriladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq 
kompress, vanna, UVCH va massaj qilinadi. 

Yüklə 33,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə