3 – Ma’ruza Energiya va impulsning saqlanish qonuni. Mexanik ish va quvvat. Mexanik energiya. Energiyaning saqlanish qonuni. Butun olam tortishish qonunlari. Kepler qonunlari. Mexanik ish va quvvat. Mexanik energiya



Yüklə 61,87 Kb.
səhifə4/5
tarix31.12.2021
ölçüsü61,87 Kb.
#82311
1   2   3   4   5
3 – Ma’ruza Energiya va impulsning saqlanish qonuni. Mexanik ish (1)

Mexanik ish va quvvat. Biror jism kuch tasirida bir nuqtadan ixtiyoriy trayektoriya bo‘yicha ikkinchi nuqtaga ko‘chirilgan bo‘lsin. Umuman kuch 1 nuqtadan 2 nuqtagacha bo‘lgan oraliqda, xam son qiymati bo‘yicha, xam yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Masofani fikran cheksiz miqdordagi juda kichkina bo‘lakchalarga bo‘laylik. Xar bir bo‘lakcha shu darajada kichikki, uni to‘g‘ri chizikdan iborat va uzunligida ta’sir etayotgan kuch o‘zgarmas qiymatga ega deb qarash mumkin. kuchni shu kuch ta’sirida jismning ko‘chish masofasiga skalyar ko‘paytmasidan iborat kattalikka, kuchning ko‘chish masofasidagi bajargan elementar ishi deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:

(4.5)



bunda - kuch va ko‘chish yo‘nalishi orasidagi burchak.

8 – rasm

Biror yo‘lda bajarilgan ish va shu yo‘lning barcha kichik qismlarida bajarilgan elementlar ishlar yiqindisiga teng, yani ish additiv kattalik. SHuning uchun jisimni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko‘chirishda bajarilgan ishning to‘la miqdori quyidagicha yozilishi mumkin: (4.6)

Jism o‘zgarmas kuch tasirida to‘g‘ri chiziqli traektoriya bo‘yicha ko‘chayotgan bo‘lsa, xususiy xolda masofada bajarilgan ish



(4.7 )

Agar kuch yo‘nalishi bilan ko‘chish yo‘nalishi bir xil bo‘lsa, (4.7) ifoda

yanada oddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi:

(4.8 )

Vaqt birligida bajarilgan ish quvvat deb ataladi, yani



(4.9 )

bunda - elementlar ish, -elementar ishni bajarish uchun ketgan vaqt.

(4.5) ifoda bo‘yicha ning qiymati ni (4.9) munosabatga keltirib qo‘yib quyidagiga ega bo‘lamiz. (4.10)

Demak, quvvat tasir etayotgan kuchni shu kuch tasirida jism olgan tezligiga skalyar ko‘paytmasiga teng ekan. (4.8) va (4.9) formulalardan foydalanib, ish va quvvatning SI sistemasidagi birliklari bilan tanishib chiqaylik. Ish birligi qilib ko‘chish yo‘nalishida ta’sir qiluvchi 1 Nyuton kuchning 1 metr masofada bajargan ishi qabul qilingan va uni joul (J) deb ataladi. quvvat birligi qilib, 1 sekund vaqt ichida 1 joul ish bajaradigan mexanizimning quvvati qabul qilingan va bu birlikka vatt (Vt) deb nom berilgan.




Yüklə 61,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə