3- ma`ruza hozirgi zamon xalqaro huquqining sub'ektlari. O’ZBekitson xalqaro huquq sub'ekti



Yüklə 315 Kb.
səhifə4/12
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#123930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- ma`ruza

Unitar davlat — davlatning xududiy tashqillanishining ikki shaklidan biridir. Davlat, agar bu davlatning ko’p qismi davlat tuzilmasi makomiga ega bulmasa unitar (oddiy) hisoblanadi. Unitar davlat tarkibida alohida avtonom milliy davlat, shu jumladan, uz davlatchilik belgilariga ega bo`lgan tuzilmasi bulishi mumkin (masalan, unitar Ukraina tarkibida Krim Respublikasining mavjudligi). Unitar davlatda faqat yagona Konstitutsiya, bir Fuqarolik, yukori davlat xoqimiyati organlarining yagona tizimi mavjud bo’ladi. Unitar davlatning tarkibiy qismlari aksariyat xollarda ma`muriy-xududiy bulinma makomiga ega ular markaziy organ tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida bosh-kariladi, ularning xududi oddiy umumdavlat qonuni asosida, maholliy organlar va maholliy aholining roziligisiz uzgartirilishi mumkin.
Unitar davlatning ikki turi markazlashtirilmagan (detsentralizovannыy) va markazlashgan turi mavjud. Birinchi turdagi davlatlarda mintakaviy organlari markaziy organdan mustaqil ravishda tuziladi. Shuning uchun ularning urtasidagi yuridik munosabatlar markazlashmagan asosda kuriladi (Buyuk Britaniya, Yangi Zellandiya, Yaponiya, Ispaniya, Italiya). Ikkinchi turdagi unitar davlatlarda mintakaviy organlarning markazga buysunishi bevosita markaz tomonidan tayinlanadigan mansabdor shaxslar orqali amalga oshiriladi (Niderlandiya, Kozogiston).
Federatsiya murakkab davlat tuzilmasini biddiradi. Unitar davlatdan farqli ularok, federatsiya a`zolari (shtatlar, erlar, viloyatlar, kantonlar, millat nomi bilan ham yuritilishi mumkin) muayyan mustaqillikka ega. Shu bilan birga federatsiya a`zolarining mustaqilligi Xalqaro huquq, sub`ekti sifatida tan olish uchun etarli emas. Federatsiya yaxlit davlat tuzilmasi sifatida Xalqaro huquq, sub`ekti hisoblanadi.
Federativ davlat (Birlashmalar, Ittifoqlar) — uzidan murakkab (ittifoq) davlatni anglatuvchi, yuridik jixatdan muayyan siyosiy mustaqillikka ega bo`lgan davlat tuzilishining shaklidir. Federativ davtlatni tashqil qiluvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, erlar, viloyatlar) federatsiya sub`ekti hisoblanadi va uzining ma`muriy-xududiy bulinmasiga ega. Unitar davlatdan farqli ravishda federatsiyada yo’qori hoqimiyat organining ikki tizimi — federal organlar va federatsiya a`zolarining tegishli organlari mavjud. Federal organlar mamlakatning butun xududida uz funktsiyasi va vakolatlarini amalga oshiradi. Federatsiyani tashqil qiluvchi davlat tuzilmalari tub ma`nodagi davlat emas. Ular suverenitet, bir tomonlama tashabbus bilan ittifokdan chikish, yuridik jihatdan Xalqaro munosabatlarda ishtirok etish huquqlariga ega emas. Ittifoq Konstitutsiyasini yoki qonunchiligini buzgan takdirda markaziy xoqimiyat federatsiya sub`ektiga nisbatan majburiy choralar qo’llashi mumkin. Federatsiyaning majburiy elementlaridan biri ikki palatali federal parlamenti tuzilmasidir. Odatda federatsiya a`zolari uz Konstitutsiyasiga ega bo’ladi.
Milliy omillarning roliga karab federatsiya tuzilmasi xududiy asosda (AKSh, Avstraliya, Avstriya, GFR, Venesuela, Braziliya, Meksika), milliy asosda (Xindiston, Bel`giya, Nigeriya, Pokiston) va aralash milliy-xududiy asoslarda (Rossiya, Shveytsariya, Kanada) bir-biridan farqlanadi.
Davlat va huquq nazariyasida ayrim vaqtlarda konstitutsiyaviy federatsiya (AKSh, Kanada, Braziliya), konstitutsiyaviy-shartno-maviy (Rossiya) va shartnomaviy (Shveytsariya, Tanzaniya Birlash-gan Respublikasi, Birlashgan Arab Amirligi) federatsiyalarga ajratiladi hamda markazlashgan federatsiya (masalan, Xindiston, unda bittasidan boshqa shtatlarda uz Konstitutsiyasi va fuqaroligiga ega emas) bilan markazlashmagan federatsiya (AKSh, GFR, Shveytsariya) larga ajratiladi.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə