3- ma'ruza. Tcp/ip protokollari steki. Ip-tarmoqlarda manzillash tizimi. Reja


Masshtablanadigan adreslash sxemasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə6/8
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132873
1   2   3   4   5   6   7   8
Masshtablanadigan adreslash sxemasi
IP protokolning 6-versisi IP tarmoqlarni adreslash tizimiga tub o'zgarishlarni kiritdi (RFC 2373). Avvalo, bu adres razryadini kengaytirishga talluqli bo'ldi.
IPv6 adres 128 bit yoki 16 baytdan iborat. Bu katta miqdordagi tugunlarni raqamlashtirish imkonini beradi:
340 282 366 920 938 463 463 374 607 431 762 211 456
Avvalgi 2 darajali adres ierarxiyasi o'rniga (tarmoq raqami va tugun raqami) IPv6 da 4 daraja mavjud bo'lib, ulardan 3 tasi tarmoqlarni identifikasiya qilishga, bittasi esa tarmoq tugunlarini identifikasiya qilishda foydalaniladi. Adresdagi ierarxiya darajalarini sonining ortishi hisobiga yangi protokol CIDR texnologiyasini muvaffaqiyatli ravishda qo'llab-quvvatlaydi. Takomillashtirilgan guruhli adreslash tizimi va yangi turdagi adreslarni joriy qilish sababli IP ning yangi versiyasi marshrutizasiya harajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Shuningdek, tashqi o'zgarishlar ham yuz berdi – standart ishlab chiqaruvchilari o'nlik raqamlar o'rniga IP-adresni o'n oltilik raqamlar ko'rinishida yozishni taklif qildilar. Har bir o'n oltilik raqamlar bir-biridan ikki nuqtalar bilan ajratiladi. Masalan, IPv6 adres quyidagicha ko'rinishga ega bo'lishi mumkin:
FEDC:0A98:0:0:0:0:7654:3210
Agar adresda bir necha nollar ketma-ket kelsa, adresni qisqartirib yozish mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan adresni quyidagicha yozish mumkin:
FEDC:0A98::7654:3210
Ikki nuqta (::) ko'rinishidagi qisqartirish adresda faqat bir marta foydalanilishi mumkin. Shuningdek, adresning boshidagi nollarni tushirib qoldirish mumkin, masalan, FEDC:0A98::7654:3210 ning o'rniga FEDC:A98::7654:3210 deb yozish mumkin.
Irv4 va IPv6 – ikkala protokollarni qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlar uchun kichik 4 bayotlar uchun Irv4 da an'anaviy bo'lgan o'nlik raqamlarni yozish mumkin: 0:0:0:0:0:FFFF:129.144.52.38 yoki ::FFFF:129.144.52.38.
IPv6 ga o'tish texnologiyalari
IPv6 ni ishlab chiqaruvchilar IPv4 dan IPv6 ga o'tish bir necha yillar davom etishini va tashkilotlar yoki ular doirasidagi tugunlarda Irv4 dan foydalanish davom etishini tushunadilar. Shuning uchun, migrasiya – uzoq muddatli maqsad ekanligini nazarda tutib, ikkala versiya protokollarining o'zaro mavjud bo'lishiga alohida e'tibor qaratish lozim.
Tunnellash
IPv4 dan IPv6 ga o'tishni qo'llab-quvvatlash vositalaridan biri – tunnellardan foydalanishdir. Tunnelning vazifasi uzatilgan IPv6 paketni IPv4 paketga inkapsulyasiya qilishdan iborat. Bundan keyin IPv4 paket mavjud IPv4 tarmoq orqali uzatilishi mumkin, qabul qilayotgan qurilma esa IPv4 sarlavhasini o'chiradi va undan boshlang'ich IRv6 paket chiqarib oladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə